"Ta'lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali 2025-yil 2-soni
"Ta'lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali 2025-yil 2-soni
Namangan davlat pedagogika institutining “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 25-oktabrda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro’yxatidan (№ 045 044) o‘tkazilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining 2024-yil 30-noyabrdagi (№ 364/5) yigʻilishi qaroriga asosan pedagogika fanlari boʻyicha falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar (OAK) roʻyhatiga kiritilgan. Jurnalning birinchi soni 2022-yilning dekabr oyidan e’tiboran nashr etib borilmoqda. UDK: 37, Xalqaro standartlashtirish raqami (ISSN): 2992-9008. Jurnalning har bir soni slib.uz saytiga doimiy tarzda yuklab boriladi.
Ushbu maqola aniq fanlarga ixtisoslashgan maktablarda yadro fizikasi jarayonlarini o‘rganishda kompyuter texnologiyalari dasturlaridan foydalanish orqali o‘qitishning samarador natijalariga erishish mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, yadro fizikasi mavzularini texnologik yutuqlar bilan boyitilib, namoyishli tarzda o‘qitilishi o‘quvchi dunyoqarashini zamonga mos xolda shakllanishiga yordam berishi asoslab berilgan.
Zamonaviy tibbiyot fani bo‘lajak mutaxassislardan yuqori darajadagi raqamli kompetentsiyani talab qiladi. Sog‘liqni saqlashni faol raqamlashtirish sharoitida raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish tibbiyot talabalari uchun kadrlar tayyorlashning ajralmas elementiga aylanmoqda. Shu bilan birga ta’lim jarayonini zamonaviy raqamli imkoniyatlarni hisobga olgan holda moslashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu maqolada raqamli kompetentsiyani takomillashtirishning asosiy usullari, jumladan, raqamli ta'lim resurslari, simulyatsiya o‘rganish, fanlararo loyihalar va o‘yinlashtirishning integratsiyasi hamda ularning samaradorligini tasdiqlovchi statistik ma'lumotlari yoritib berilgan.
Ushbu maqolada genetik va metabolik kasalliklar misolida biokimyoviy tushunchalarni samarali o‘qitish metodikasining afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqotda interfaol o‘qitish usullari, amaliy mashg‘ulotlar va klinik holatlar tahlili qo‘llanildi. Ushbu metodologiya talabalar bilimini mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va real klinik holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. O‘quv jarayonida muammoga asoslangan ta’lim, seminar mashg‘ulotlari, laboratoriya tajribalari va multimediya resurslaridan foydalanish orqali genetik va metabolik kasalliklarning biokimyoviy asoslari tushuntirildi.
Shuningdek, ushbu o‘qitish metodikasi tahliliy fikrlash va mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Talabalar o‘rtasida so‘rov o‘tkazilganda, ularning aksariyati klinik misollar asosida o‘qitish jarayonini qiziqarli va samarali deb baholadilar. Ushbu maqolada zamonaviy o‘qitish metodlarining samaradorligi va ularni tibbiy ta’lim tizimiga keng joriy etish istiqbollari muhokama qilinadi.
Tadqiqot ishshning maqsadi mehnat qilish va dam olish, uyqu gigienasi, ovqatlanish gigienasi, jismoniy mashqlar, o’zini hurmat qilish, odamlar bilan munosabatda o’zini tuta bilish qoidalarini chuqur o’rganib, ularning yosh jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarda “Sog’lom turmush tarzini” shakllantirishdagi ahamiyatli tomonlarini yoritib berishdan iboratdir. Tadqiqot metodlari: Mavzu bo’yicha tadqiqotlar jarayonida bibliografik (adabiyotlar) va retrospektiv (tarixiy manbalar) taxlil, nazariy umumlashtirish va taqqoslash, tizimli va kompleks yondashish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot yuzasidan axborot manbalarining tarixiy va zamonaviy ma’lumotlarini taqqoslash asosiy usul bo’lib sanaladi. Tadqiqot natijalari: Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda: -turli xil faoliyat turini belgilangan vaqtda bajarish; -mehnat va dam olishni samarali almashtirish; -tizimli ravishda ratsional, sog’lom ovqatlanish va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish; -har kuni 2-3 soat sof havoda sayr qilish; -sog’lom munosabat va yaxshi his-tuyg’ularga ega bo’lish; -uyqu gigienasiga qat’iy rioya qilish muhimligi asoslangan. Xulosa: Shunday qilib, yosh shug’ullanuvchilarda “Sog’lom turmush tarzini” shakllantirishda, uning barcha ko’nikmalari qoidalariga rioya qilishning yahamiyati juda ham katta bo’lib, sog’lom avlod-nafaqat sog’lom va jismoniy baquvvat yosh sportchilarni, shu bilan birga, chuqur bilimga ega, ma’naviy barkamol, dunyodagi tengdoshlari bilan bellashishga, ularga xalqimizning iste’dodi va salohiyatini namoyish etishga qodir bo’lgan o’zlarida “Sog’lom turmush tarzini” shakllantirgan yosh sportchilarni tarbiyalashimiz mumkindir.
Ushbu maqolada yosh gandbolchilarni musobaqa davrida texnik taktik tayyorgarliklarini nazorat qilib borish hamda takomillashtirish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Maqolada maktab jismoniy tarbiya o'qituvchilari faoliyatining xususiyatlarini, zamonaviy maktab sharoitida zarur bo'lgan muhim kasbiy fazilatlarni aniqlashga qaratilgan ko'p yillik nazariy va eksperimental tadqiqotlarning qisqacha mazmuni yoritilgan.
Maqolada zamonaviy o'quv jarayoni sharoitida jismoniy tarbiya o'qituvchisi rolining o'zgarishi ko'rib chiqiladi. Mavzuning dolzarbligi ta'lim tizimidagi o'zgarishlar, o'qitishga yangi texnologiya va yondashuvlarning joriy etilishi, shuningdek, o'quvchilarning jismoniy tarbiyasiga qo'yiladigan talablarning kuchayishi bilan bog'liq.
Muammoga oid ko'plab adabiyotlar tahlil qilindi. Muallif jismoniy tarbiya o'qituvchisining kasbiy faoliyatiga ta'sir qiluvchi asosiy jihatlarni, jumladan, sog'liqni saqlashga qaratilgan texnologiyalarni integratsiyalash, o'qitishni individuallashtirish va maktab o'quvchilarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish zarurligini tahlil qiladi.
Bolalarda nafaqat jismoniy faollik, balki jamoada ishlash, mas’uliyat va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi yangi o‘qitish usullariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xulosa o‘rnida o‘qituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish va ta’lim muhitida innovatsiyalarga tayyor bo‘lishi muhimligi ta’kidlanadi.
Maqola sport fanlari o'qituvchilari, maktab jismoniy tarbiya o'qituvchilari, ta'lim muassasalari ma'murlari va maktabda jismoniy tarbiyani rivojlantirishdan manfaatdor bo'lgan har bir kishi uchun foydali bo'ladi.
Ushbu mаqolаdа sport kurаsh bilаn shug‘ullаnuvchi tаlаbаlаr jismoniy tаyyorgаrligini oshirishdа sun’iy intellekt (SI) texnologiyаlаridаn foydаlаnish sаmаrаdorligi o‘rgаnildi. Tаdqiqot nаtijаlаri SI аsosidа ishlаb chiqilgаn mаshg‘ulot dаsturlаri sportchilаrning kuch, tezkorlik, chidаmlilik vа egiluvchаnlik kаbi jismoniy sifаtlаrini sezilаrli dаrаjаdа rivojlаntirishgа yordаm berishini ko‘rsаtdi. SI texnologiyаlаri sportchilаrning individuаl xususiyаtlаrini hisobgа olgаn holdа mаshg‘ulot jаrаyonini optimаllаshtirish vа nаtijаlаrni аniq tаhlil qilish imkonini berаdi.
Ushbu mаqolаdа gimnаstikа sport to‘gаrаklаri orqаli tаlаbаlаr jismoniy sifаtlаrini tаkomillаshtirish mexаnizmi o‘rgаnildi. Tаdqiqot nаtijаlаri shuni ko‘rsаtdiki, gimnаstikа mаshg‘ulotlаri kuch, chidаmlilik, chаqqonlik, tezkorlik vа moslаshuvchаnlik kаbi jismoniy sifаtlаrni sezilаrli dаrаjаdа rivojlаntirish imkonini berаdi. Eksperimentаl guruh nаtijаlаri nаzorаt guruhi bilаn tаqqoslаnib, gimnаstikа sport to‘gаrаklаrining sаmаrаdorligi ilmiy jihаtdаn аsoslаb berildi. Mаqolаdа shuningdek, pedаgogik yondаshuvlаr vа innovаtsion uslublаrning аhаmiyаti muhokаmа qilinаdi.
Ushbu maqolada o’quvchilarga ta’lim tarbiya berish jarayonida musiqa terapiyasidan foydalanishning afzallik jihatlari hamda musiqa va uning elementlarining o’quvchilar ongiga qanday ta’sir qilishi ko’rib chiqilgan. Maqola muallifi shu masalalarni yoritishda ko’plab olimlarning izlanishlariga hamda o’z ilmiy qidiruvlariga tayanib yozishga harakat qilgan.
Buxoro – Samarqand musiqa uslubining о‘ziga xos jihatlaridan biri unda ikki tillilik, ya’ni О‘zbek va tojik tillari an’anasining namoyon bо‘lishidir. Bu holat shu sarhadda yashab, faoliyat kо‘rsatgan kо‘pgina shoirlar, jumladan, Mujrim Obid, Abdulla Mulham, Fitrati Zardо‘zi Samarqandiy, Muznib Shavkatiy Kattaqо‘rg‘oniy ijodiga о‘z aksini topgandir. Ikki tillilik an’anasi xalq musiqasida о‘zgacha shakllarda aks etadi. Chunonchi, ayrim xalq qо‘shiqlarini ayni vaqtning о‘ziga ham О‘zbek ham tojik tillarida kuylash mumkin. Odatda qо‘shiqning bandlari О‘zbek tilida, naqoratlari esa tojik tilida hamda aksincha ham bо‘ladi. Bundan tashqari, ayrim xalq qо‘shiqlarining О‘zbek yoki tojik tillarida kuylash imkoniyati mavjuddir. Shuningdek, faqat bir tilda yo О‘zbek, yo tojik tilida kuylash uchun ijod etilgan xalq qо‘shiqlari ham uchraydi.