XALQ MUSIQ SANATI DARSLARIDA BUXORO SHASHMAQOMI.UNING NEGIZI VA SHAKLLANISHI
Mualliflar: Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich
Annotatsiya Buxoro – Samarqand musiqa uslubining о‘ziga xos jihatlaridan biri unda ikki tillilik, ya’ni О‘zbek va tojik tillari an’anasining namoyon bо‘lishidir. Bu holat shu sarhadda yashab, faoliyat kо‘rsatgan kо‘pgina shoirlar, jumladan, Mujrim Obid, Abdulla Mulham, Fitrati Zardо‘zi Samarqandiy, Muznib Shavkatiy Kattaqо‘rg‘oniy ijodiga о‘z aksini topgandir. Ikki tillilik an’anasi xalq musiqasida о‘zgacha shakllarda aks etadi. Chunonchi, ayrim xalq qо‘shiqlarini ayni vaqtning о‘ziga ham О‘zbek ham tojik tillarida kuylash mumkin. Odatda qо‘shiqning bandlari О‘zbek tilida, naqoratlari esa tojik tilida hamda aksincha ham bо‘ladi. Bundan tashqari, ayrim xalq qо‘shiqlarining О‘zbek yoki tojik tillarida kuylash imkoniyati mavjuddir. Shuningdek, faqat bir tilda yo О‘zbek, yo tojik tilida kuylash uchun ijod etilgan xalq qо‘shiqlari ham uchraydi. Kalit so'zlar: Sozanda, yakkaxon(aytimchi), xalq qо‘shiqlari, ashulalar, ikki tillilik, Mavrigi , jо‘rovoz , Mavrigixonlik, sozandachilik maktabi, doirachi, naqoratchi, Buzruk maqomi, Rost maqomi, Navo maqomi, Dugoh maqomi, Segoh maqomi, Iroq maqomi, «Gulnor pari», «Qunduz bilan Yulduz», «Oysuluv», «Kuntug‘mish».