YOSH JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN SHUG’ULLANUVCHILARDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI
Mualliflar: Boltobaev Sadulla Abdullaevich
Annotatsiya Tadqiqot ishshning maqsadi mehnat qilish va dam olish, uyqu gigienasi, ovqatlanish gigienasi, jismoniy mashqlar, o’zini hurmat qilish, odamlar bilan munosabatda o’zini tuta bilish qoidalarini chuqur o’rganib, ularning yosh jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarda “Sog’lom turmush tarzini” shakllantirishdagi ahamiyatli tomonlarini yoritib berishdan iboratdir. Tadqiqot metodlari: Mavzu bo’yicha tadqiqotlar jarayonida bibliografik (adabiyotlar) va retrospektiv (tarixiy manbalar) taxlil, nazariy umumlashtirish va taqqoslash, tizimli va kompleks yondashish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot yuzasidan axborot manbalarining tarixiy va zamonaviy ma’lumotlarini taqqoslash asosiy usul bo’lib sanaladi. Tadqiqot natijalari: Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda: -turli xil faoliyat turini belgilangan vaqtda bajarish; -mehnat va dam olishni samarali almashtirish; -tizimli ravishda ratsional, sog’lom ovqatlanish va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish; -har kuni 2-3 soat sof havoda sayr qilish; -sog’lom munosabat va yaxshi his-tuyg’ularga ega bo’lish; -uyqu gigienasiga qat’iy rioya qilish muhimligi asoslangan. Xulosa: Shunday qilib, yosh shug’ullanuvchilarda “Sog’lom turmush tarzini” shakllantirishda, uning barcha ko’nikmalari qoidalariga rioya qilishning yahamiyati juda ham katta bo’lib, sog’lom avlod-nafaqat sog’lom va jismoniy baquvvat yosh sportchilarni, shu bilan birga, chuqur bilimga ega, ma’naviy barkamol, dunyodagi tengdoshlari bilan bellashishga, ularga xalqimizning iste’dodi va salohiyatini namoyish etishga qodir bo’lgan o’zlarida “Sog’lom turmush tarzini” shakllantirgan yosh sportchilarni tarbiyalashimiz mumkindir. Kalit so'zlar: Sog’lom turmush tarzi, mehnat qilish va dam olish, uyqu gigienasi, ovqatlanish gigienasi, jismoniy mashqlar, o’zini hurmat qilish, odamlar bilan munosabat, his-tuyg’ular, o’zini tuta bilish.