TIBIBIY TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR: RAQAMLI KOMPETENTSIYANI SHAKLLANTIRISH
Mualliflar: Abdumananov Ahrorjon Adkhamjonovich
Annotatsiya Zamonaviy tibbiyot fani bo‘lajak mutaxassislardan yuqori darajadagi raqamli kompetentsiyani talab qiladi. Sog‘liqni saqlashni faol raqamlashtirish sharoitida raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish tibbiyot talabalari uchun kadrlar tayyorlashning ajralmas elementiga aylanmoqda. Shu bilan birga ta’lim jarayonini zamonaviy raqamli imkoniyatlarni hisobga olgan holda moslashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqolada raqamli kompetentsiyani takomillashtirishning asosiy usullari, jumladan, raqamli ta'lim resurslari, simulyatsiya o‘rganish, fanlararo loyihalar va o‘yinlashtirishning integratsiyasi hamda ularning samaradorligini tasdiqlovchi statistik ma'lumotlari yoritib berilgan. Kalit so'zlar: raqamli kompetentsiya, tibbiy ta'lim, raqamli texnologiyalar, simulyatsiya