GENETIK VA METABOLIK KASALLIKLAR MISOLIDA BIOKIMYOVIY TUSHUNCHALARNI O‘QITISH METODIKASI




GENETIK VA METABOLIK KASALLIKLAR MISOLIDA BIOKIMYOVIY TUSHUNCHALARNI O‘QITISH METODIKASI


Mualliflar: Niyozov Qahramon Adashaliyevich

Annotatsiya Ushbu maqolada genetik va metabolik kasalliklar misolida biokimyoviy tushunchalarni samarali o‘qitish metodikasining afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqotda interfaol o‘qitish usullari, amaliy mashg‘ulotlar va klinik holatlar tahlili qo‘llanildi. Ushbu metodologiya talabalar bilimini mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va real klinik holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. O‘quv jarayonida muammoga asoslangan ta’lim, seminar mashg‘ulotlari, laboratoriya tajribalari va multimediya resurslaridan foydalanish orqali genetik va metabolik kasalliklarning biokimyoviy asoslari tushuntirildi. Shuningdek, ushbu o‘qitish metodikasi tahliliy fikrlash va mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Talabalar o‘rtasida so‘rov o‘tkazilganda, ularning aksariyati klinik misollar asosida o‘qitish jarayonini qiziqarli va samarali deb baholadilar. Ushbu maqolada zamonaviy o‘qitish metodlarining samaradorligi va ularni tibbiy ta’lim tizimiga keng joriy etish istiqbollari muhokama qilinadi. Kalit so'zlar: Biokimyo, o‘qitish metodikasi, genetik kasalliklar, metabolik kasalliklar, tibbiy ta’lim, muammoga asoslangan ta’lim, interfaol usullar, klinik misollar, laboratoriya mashg‘ulotlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, diagnostik ko‘nikmalar, analitik fikrlash, tibbiy ta’limda innovatsiya, talabalarning mustaqil ta’limi.