"Ta'lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali 2025-yil 1-son
"Ta'lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali 2025-yil 1-son
Namangan davlat pedagogika institutining “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 25-oktabrda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro’yxatidan (№ 045 044) o‘tkazilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining 2024-yil 30-noyabrdagi (№ 364/5) yigʻilishi qaroriga asosan pedagogika fanlari boʻyicha falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar (OAK) roʻyhatiga kiritilgan. Jurnalning birinchi soni 2022-yilning dekabr oyidan e’tiboran nashr etib borilmoqda. UDK: 37, Xalqaro standartlashtirish raqami (ISSN): 2992-9008. Jurnalning har bir soni slib.uz saytiga doimiy tarzda yuklab boriladi.
Mualliflar:
Ismoilov Temurbek Islomovich
Namangan davlat pedagogika instituti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi
Professori,
Mirzaraximova Zilola Mirzohid qizi
Namangan davlat pedagogika instituti
Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 1- bosqich magistranti
Ushbu maqolada milliy madaniyatni shakllantirishda muhim bo’lgan va ta’lim jarayonida qo’llaniladigan pedagogik muloqot metodlari tog’risida fikrlar bayon etilgan. Pedagogik muloqotning metodlarining turlari, ularning to’g’ri tanlash va samarali qo’llashning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyati haqida aytib o’tilgan. Milliy madaniyatni shakllantirishda pedagogik muloqotning usullari va vositalari muhim o‘rin tutadi. Pedagogik muloqot, o‘quvchilarga nafaqat bilim, balki milliy qadriyatlarni o‘rgatish va ularda milliy ongni rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Muloqotda foydalaniladigan usullar, masalan, suhbat, diskussiya, didaktik o‘yinlar, turli metodik materiallar va vizual vositalar, o‘quvchilarning madaniy nuqtai nazarini shakllantirishga yordam beradi. Milliy an’analar, til, san’at va etnografik qadriyatlarni o‘z ichiga olgan pedagogik vositalar orqali o‘quvchilarga o‘z madaniy merosini hurmat qilishni o‘rgatish mumkin. Ushbu jarayonda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida doimiy va samarali muloqot ahamiyatga ega. Pedagogik muloqotda milliy qadriyatlarni o’rgatish, o’z ona yurtini sevishga targ’ib etish, tarix va madaniyatga hurmatini shakllantirish kabi masalalar muhim o’rin tutadi. Milliy madaniyatni shakllantirish o’quvchilarda o’z xalqining tarixiga, tiliga, san’ati va urf-odatlariga nisbatan hurmat va qiziqish uyg’otish orqali amalga oshiriladi.Pedagogik muloqot milliy madaniyatni yosh avlodga yetkazishda muhim vosita hisoblanadi. U o’quvchilarda milliy g’urur, an’analarni qadrlash va jamiyatda ijtimoiy barkamollikni rivojlantirishga yordam beradi.
Ushbu sharh maqola tibbiy terminologiyani o‘rganish uchun turli strategiyalarni ko‘rib chiqadi, ular orasida lug‘at daftarlari, so‘z ro‘yxatlari va loyiha asosida o‘rganish strategiyalari mavjud. Tadqiqotning maqsadi ushbu usullarni tibbiy talabalar orasida lug‘atni o‘rganishda samaradorligini baholashdir. Gaffas (2024), Aurora (2016), Hashemi va Hadavi (2015) va Akbari (2017) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar tibbiy talabalarning turli yondashuvlarini ko‘rsatadi. Gaffas 60 nafar talabani qamrab olgan kvasiy-experimental tadqiqot o‘tkazgan va lug‘at daftarlari va so‘z ro‘yxatlarini solishtirib, lug‘at daftarlari tibbiy terminlarni uzoq muddatli eslab qolishda yaxshiroq natijalarga olib kelishini aniqlagan. Aurora tomonidan amalga oshirilgan loyiha asosida o‘rganish strategiyasi, ikkinchi kurs tibbiy talabalarini yangi tibbiy terminologiyani haqiqiy kontekstlarda faol ishlatishga rag‘batlantirib, til va professional ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam bergan. Hashemi va Hadavi (2015) tomonidan olib borilgan tadqiqotda talabalarning lug‘atni o‘rganish uchun ko‘proq lug‘atlardan va ijtimoiy strategiyalardan foydalanganliklari ko‘rsatilgan, shuningdek, genderga asoslangan strategiya farqlari ham kuzatilgan. Akbari (2017) tomonidan maxsus maqsadlar uchun ingliz tili(MMIT) kontekstida o‘tkazilgan tadqiqot samarali lug‘atni o‘rganish uchun tushunish va mustahkamlash strategiyalarining ahamiyatini ta’kidlagan. Xulosa qilib aytganda, ushbu tadqiqotlar lug‘at daftarlari kabi tuzilgan vositalarni loyiha asosida o‘rganish kabi dinamik va qiziqarli usullar bilan birgalikda ishlatish tibbiy terminologiyani o‘rganishni sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada Amerika oliygohlarida tarjimon mutaxassislarni tayyorlashning zamonaviy tajribalari o‘rganilgan. Tadqiqotda tarjimonlik ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, pedagogik texnologiyalar va o‘quv dasturlari tahlil qilingan. Shuningdek, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish tamoyillariga alohida e’tibor qaratilgan. Ishda ilg‘or o‘quv materiallari, onlayn platformalar va interaktiv usullarni qo‘llash bo‘yicha Amerika tajribasi chuqur yoritilgan. Mazkur tadqiqot tarjimonlik bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va milliy ta’lim tizimiga moslashgan ilg‘or yondashuvlarni joriy etish imkoniyatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Ushbu maqola ingliz tilini bilish va rivojlantirishda Web Quest texnologiyasining rolini o'rganadi. Veb-kvestlar so'rovga asoslangan onlayn ta'lim vositalari sifatida o'quvchilarga real til mazmuni bilan shug'ullanish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va hamkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uyushgan, ammo moslashuvchan asosni taklif qiladi. Ushbu tadqiqot veb-kvestlarning o'qishni tushunish, yozish qobiliyati, tinglash va gapirish qobiliyatlari va umumiy tilni egallashga qanday ta'sir qilishini o'rganadi. Ushbu maqola ta'lim amaliyotlari, amaliy tadqiqotlar va empirik ma'lumotlarni tahlil qilish orqali ingliz tilini o'rganish natijalarini oshirishda Web Kvestlarning foydaliligini tushuntirishga, shuningdek, ularni ta'lim kontekstida amalga oshirish bo'yicha eng yaxshi tajribalarni taklif qilishga intiladi. Tadqiqot savollariga javob berish uchun tadqiqotchi eksperimental yondashuvni qo'lladi. Tadqiqotning namunasi ikki guruhga bo'lingan 24 nafar talabadan iborat edi. Dars an’anaviy tarzda bir guruhga, boshqa guruhga esa veb-kvest texnologiyasi orqali o‘tildi. Natijalar solishtirildi va tahlil qilindi.
Yurtimizda fizika fanini ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘quvchilarda fan yuzasidan amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yuzasidan salmoqli ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada akademik litseylarda fizika darslarini tashkil qilishda darsning pedagogik-psixologik asoslariga e’tibor berish, darslarda turli interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, darslarning motivatsiya qismini tashkil etish usullari tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarning ijtimoiy ta’siri va ularning yangidan-yangi imkoniyatlari, sun’iy itellekt yordamida bo‘lajak pedagoglarni salomatliklarini mustahkamlash immunitetini shakillantirish mexanizimlari, sog‘lom turmush madaniyatini rivolantirishning evolutsion bosqichlari , salomatlik qadriyatlari, bo‘lajak pedagoglarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishda immunitetning ahamiyati va uni mustahkamlash zarurati, oʻqitish samadorligini oshirish mexanizmlari to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Maqolada talabalarning mustaqil ish doirasida motivatsiyani oshirishning samarali usullaridan biri sifatida ko'rib chiqiladi. Ta'kidlanishicha, darsdan tashqari tadbirlarning eng muhim xususiyati talabalar va ularning yosh guruhining individualligini tan olishdir. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar paytida talabalar juftlik va guruh mustaqil ishlash ko'nikmalariga ega bo'ladilar, shu bilan birga ularning yosh kommunikativ ehtiyojlarini qondiradilar. Ushbu tadbirlarning samaradorligini oshirish uchun ularni o'qituvchilar va faol talabalar tomonidan muntazam tashkil etish zarur. Shuningdek, ushbu maqolada Namangan davlat universitetining Rus tili va adabiyoti kafedrasi professori Nosirov Kodirjon Nosirovich asos solgan "Muqaddas lira" yoshlar she'riyat klubi tashkil etilgani haqida hikoya qilinadi.
Maqolada autentik matnlarning ingliz tilida so’zlashuv kompetensiyasini takomillashtirishning amaliy masalalari va ularning o’quv materiallari bilan asosiy tafovutlari ko’rsatib o’tilgan. Autentik matnlar – bu ingliz tilini o’rganayotgan talabalar uchun ijtimoiy hayotda kommunikativ ko’nikmalarini amalga oshirishda va bu ko’nikmalarni takomillashtirishda til sohiblari uchun mo’ljallangan manbalarlardan foydalanishni o’z ichiga oladi. Shuningdek, autentik matnlar til birliklari asosan grammatik va leksik jihatdan talabalar real hayotda erkin foydala olish imkoniyatini beruvchi birliklar bilan tanishish imkonini beradi. Bunday materiallar til sohiblari( native speakers) uchun mo’ljallangan barcha ro’znoma, kitob, jurnal, e’lon, adadiiy va ilmiy nashrlarni o’z ichiga oladi. O’quv materiallari esa maxsus o‘qitish maqsadida metodistlar tomonidan tayyorlangan, tahrirlangan va akademik maqsad va ta'lim muhitiga moslashtitilgan bo’ladi. Bundan tashqari, bu ilmiy maqola autentik( asliy) materiallarning talabalarning kommunikativ-nutqiy ehtiyojlariga muvofiqligi, ularning motivatsiyasiga ta’siri va til o‘zlashtirishni osonlashtirishdagi nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rsatib o’tilgan. Eng asosiy yna bor omillardan biri, bu maqolada o’quv jarayonini tashkil etishda autentik matnlarni darslik va o’quv qo’llanmaga kiritishda ularnig afzalliklari va kamchiliklari alohida yoritib o’tilgan.
Ushbu maqolada sun’iy intellektning bugungi kunda o‘rganishning ahamiyati borasida so‘z boradi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt kirib kelgan har bir soha bugungi kunga kelib o‘sib bormoqda. Xalqaro ekspertlarning xulosasiga qaraydigan bo‘lsak, aynan sun’iy intellekt texnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2024 yilda jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 1 trillion AQSH dollaridan kam bo‘lmagan. Uning meditsina sohasidagi yutuqlariga keladigan bo‘lsak, Sun’iy intellekt tibbiy diagnostika va diagnoz qo‘yishda tarmoqdagi mavjud tibbiy bilimlarni 100% foiz ishlata olishi aniqlandi. Sun'iy intellekt zarur ma'lumotlarni topish uchun soniyada minglab sahifali matnlarni qayta ishlashga qodir, bu esa hech bir shifokorning qo‘lidan kelmaydi. Dunyo bo‘ylab har 20 daqiqada yangi tibbiy maqola paydo bo‘lmoqda. Faqatgina 2019 yilda tibbiyotga oid 870 000 ta ilmiy maqola nashr etilgan. Sun'iy intellekt diagnostika va davolashda xatolik havfini taxminan 70% ga kamaytiradi. Ta’lim sohasi, xususan bugungi kunda aktual bo‘lgan mavzu chet tillarini o‘rganishga keladigan bo‘lsak, Aqlli chet tilini o‘qitish platformalari ma'lumotlarni aniq qayd etishi va tahlil qilishi mumkin, ta'lim jarayonida o‘qituvchilarga dastlabki ma'lumot berishi va ularga har bir talabaning muvaffaqiyati va malaka darajasini tez aniqlashga imkon beradi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt har bir talabaning fikrlash doirasidan kelib chiqib shaxsiy o‘quv reja ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lib, u talabani yanada kuchaytirishga qaratilgan bo‘ladi.
Ushbu mаqolаdа jadid adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, uning shakllanishi va jamiyatdagi roli tahlil qilingan. Jadid adabiyoti, ilm-fan, ta'lim, ijtimoiy adolat va gender tengligi kabi dolzarb mavzularni o‘z ichiga olgan. Fitrat va Cho‘lponning asarlari misolida yangi janrlarning paydo bo‘lishi va ularning ijtimoiy-ma'naviy ahamiyati ko‘rsatilgan. Jadidlar harakati adabiyotning rivojlanishida, xalqni uyg‘onishiga, ta'lim va madaniyatni yangilashga katta hissa qo‘shgan. Maqolada, shuningdek, jadid adabiyotining bugungi kunda ham muhimligi va uning zamonaviy adabiyotga ta'siri ta'kidlangan.