Sun'iy intellektni o'rganishning bugungi kundagi ahamiyati
Mualliflar: Ergasheva Dilnoza Abdulhakovna Namangan davlat pedagogika instituti “Pedagogika nazariyasi va tarixi” 1-bosqich magistranti
Annotatsiya Ushbu maqolada sun’iy intellektning bugungi kunda o‘rganishning ahamiyati borasida so‘z boradi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt kirib kelgan har bir soha bugungi kunga kelib o‘sib bormoqda. Xalqaro ekspertlarning xulosasiga qaraydigan bo‘lsak, aynan sun’iy intellekt texnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2024 yilda jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 1 trillion AQSH dollaridan kam bo‘lmagan. Uning meditsina sohasidagi yutuqlariga keladigan bo‘lsak, Sun’iy intellekt tibbiy diagnostika va diagnoz qo‘yishda tarmoqdagi mavjud tibbiy bilimlarni 100% foiz ishlata olishi aniqlandi. Sun'iy intellekt zarur ma'lumotlarni topish uchun soniyada minglab sahifali matnlarni qayta ishlashga qodir, bu esa hech bir shifokorning qo‘lidan kelmaydi. Dunyo bo‘ylab har 20 daqiqada yangi tibbiy maqola paydo bo‘lmoqda. Faqatgina 2019 yilda tibbiyotga oid 870 000 ta ilmiy maqola nashr etilgan. Sun'iy intellekt diagnostika va davolashda xatolik havfini taxminan 70% ga kamaytiradi. Ta’lim sohasi, xususan bugungi kunda aktual bo‘lgan mavzu chet tillarini o‘rganishga keladigan bo‘lsak, Aqlli chet tilini o‘qitish platformalari ma'lumotlarni aniq qayd etishi va tahlil qilishi mumkin, ta'lim jarayonida o‘qituvchilarga dastlabki ma'lumot berishi va ularga har bir talabaning muvaffaqiyati va malaka darajasini tez aniqlashga imkon beradi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt har bir talabaning fikrlash doirasidan kelib chiqib shaxsiy o‘quv reja ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lib, u talabani yanada kuchaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellektni o‘rganishning ahamiyati, ta’lim sohasi, tibbiyot sohasi.