Ingliz tilida og’zaki nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishda autentik matnlarning ahamiyati




Ingliz tilida og’zaki nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishda autentik matnlarning ahamiyati


Mualliflar: Jaloliddin Qosimov Abduvali o‘g‘li Namangan davlat Chet Tillar Instituti doktoranti

Annotatsiya Maqolada autentik matnlarning ingliz tilida so’zlashuv kompetensiyasini takomillashtirishning amaliy masalalari va ularning o’quv materiallari bilan asosiy tafovutlari ko’rsatib o’tilgan. Autentik matnlar – bu ingliz tilini o’rganayotgan talabalar uchun ijtimoiy hayotda kommunikativ ko’nikmalarini amalga oshirishda va bu ko’nikmalarni takomillashtirishda til sohiblari uchun mo’ljallangan manbalarlardan foydalanishni o’z ichiga oladi. Shuningdek, autentik matnlar til birliklari asosan grammatik va leksik jihatdan talabalar real hayotda erkin foydala olish imkoniyatini beruvchi birliklar bilan tanishish imkonini beradi. Bunday materiallar til sohiblari( native speakers) uchun mo’ljallangan barcha ro’znoma, kitob, jurnal, e’lon, adadiiy va ilmiy nashrlarni o’z ichiga oladi. O’quv materiallari esa maxsus o‘qitish maqsadida metodistlar tomonidan tayyorlangan, tahrirlangan va akademik maqsad va ta'lim muhitiga moslashtitilgan bo’ladi. Bundan tashqari, bu ilmiy maqola autentik( asliy) materiallarning talabalarning kommunikativ-nutqiy ehtiyojlariga muvofiqligi, ularning motivatsiyasiga ta’siri va til o‘zlashtirishni osonlashtirishdagi nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rsatib o’tilgan. Eng asosiy yna bor omillardan biri, bu maqolada o’quv jarayonini tashkil etishda autentik matnlarni darslik va o’quv qo’llanmaga kiritishda ularnig afzalliklari va kamchiliklari alohida yoritib o’tilgan. Kalit so'zlar: chet tili, so’zlashuv kompetensiyasi, autentik materiallar, til sohiblari, akademik ehtiyoj, motivatsiya, o’rganilayotgan til ( L2), samaradorlik, madaniy kompetensiya.