Milliy madaniyatni shakllantirishda pedagogik muloqotning usullari va vositalari
Mualliflar: Ismoilov Temurbek Islomovich Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi Professori, Mirzaraximova Zilola Mirzohid qizi Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 1- bosqich magistranti
Annotatsiya Ushbu maqolada milliy madaniyatni shakllantirishda muhim bo’lgan va ta’lim jarayonida qo’llaniladigan pedagogik muloqot metodlari tog’risida fikrlar bayon etilgan. Pedagogik muloqotning metodlarining turlari, ularning to’g’ri tanlash va samarali qo’llashning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyati haqida aytib o’tilgan. Milliy madaniyatni shakllantirishda pedagogik muloqotning usullari va vositalari muhim o‘rin tutadi. Pedagogik muloqot, o‘quvchilarga nafaqat bilim, balki milliy qadriyatlarni o‘rgatish va ularda milliy ongni rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Muloqotda foydalaniladigan usullar, masalan, suhbat, diskussiya, didaktik o‘yinlar, turli metodik materiallar va vizual vositalar, o‘quvchilarning madaniy nuqtai nazarini shakllantirishga yordam beradi. Milliy an’analar, til, san’at va etnografik qadriyatlarni o‘z ichiga olgan pedagogik vositalar orqali o‘quvchilarga o‘z madaniy merosini hurmat qilishni o‘rgatish mumkin. Ushbu jarayonda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida doimiy va samarali muloqot ahamiyatga ega. Pedagogik muloqotda milliy qadriyatlarni o’rgatish, o’z ona yurtini sevishga targ’ib etish, tarix va madaniyatga hurmatini shakllantirish kabi masalalar muhim o’rin tutadi. Milliy madaniyatni shakllantirish o’quvchilarda o’z xalqining tarixiga, tiliga, san’ati va urf-odatlariga nisbatan hurmat va qiziqish uyg’otish orqali amalga oshiriladi.Pedagogik muloqot milliy madaniyatni yosh avlodga yetkazishda muhim vosita hisoblanadi. U o’quvchilarda milliy g’urur, an’analarni qadrlash va jamiyatda ijtimoiy barkamollikni rivojlantirishga yordam beradi. Kalit so'zlar: milliy madaniyat, pedagogik muloqot, muloqot, aktiv metodlar, interaktiv munozara, kooperativ, depatlar, metodlar, suhbat, didaktik o’yinlar, mushoira va munozara, tajriba va eksperiment uslubi