"Ta'lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali 2025-yil 1-son
"Ta'lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali 2025-yil 1-son
Namangan davlat pedagogika institutining “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 25-oktabrda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro’yxatidan (№ 045 044) o‘tkazilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining 2024-yil 30-noyabrdagi (№ 364/5) yigʻilishi qaroriga asosan pedagogika fanlari boʻyicha falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar (OAK) roʻyhatiga kiritilgan. Jurnalning birinchi soni 2022-yilning dekabr oyidan e’tiboran nashr etib borilmoqda. UDK: 37, Xalqaro standartlashtirish raqami (ISSN): 2992-9008. Jurnalning har bir soni slib.uz saytiga doimiy tarzda yuklab boriladi.
Mualliflar:
Ismoilov Temurbek Islomovich
Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori
Sobirjanova Buxolicha Farxodjon qizi
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Mazkur maqolada o‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda innovasion metodlarni ta’lim jarayoniga joriy etish istiqbollari tahlil qilingan. Ta’limda kreativlik insonning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, murakkab masalalarga ijodiy yondashuvni shakllantirish va innovasion yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xususan, dizayn o‘ylash, masala yechish metodikasi va aqliy hujum usulini qo‘llash orqali o‘quvchilarning kreativlik qobiliyatini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, milliy va xalqaro tajriba tahlil qilinib, innovasion metodlarni qo‘llashning ijobiy natijalari ta’kidlangan. Ushbu metodlarni qo‘llash pedagoglarning samarali ta’lim jarayonini tashkil etishida va o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishini qo‘llab-quvvatlashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada keltirilgan tavsiyalar ta’lim tizimida innovasion yondashuvlarni samarali joriy etishda amaliy ahamiyatga ega.
Jamiyatda yangi avlodni tarbiyalash, avvalo, uning og‘zaki va yozma nutqining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Nutqni rivojlantirishning asosini esa o‘quvchilarning lug‘at boyligi tashkil qiladi. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida lug‘aviy ko‘nikmalarning rivojlanishi masalasi yoritilgan bo‘lib, asosiy e’tibor ona tili darslarida o‘quvchilarning yangi so‘z bilan ishlay olishi, yangi so‘z ishtirokida gaplar va matn tuza olish malakasiga qaratildi. Bolalardagi nofaol lug‘atni faol lug‘atga aylantirish usullari bayon etilib, interaktiv usullar orqali so‘z ustida ishlashning samarali ekanligi ta’kidlangan. Muallif ilgari surayotgan fikrlarini soha mutaxassislarining fikrlari asosida rivojlantirgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z ma’nosining tushuninish darajasi, berilgan matn tarkibidagi so‘zlarni yakka va o‘qituvchi yordamida anglashi ularga berilgan mashqlar asosida sinab ko‘rildi. Tajriba-sinov ishlari Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 2-, 10-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-, 3-, 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildib, pedagogic kuzatish, taqqqoslash, qiyoslash metodlari amaliyotga joriy qilindi. Tajriba-sinov natijalari umumlashtirilib, jadvalda ifodalandi va muallif munosabati bildirildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida lug‘aviy kompetensiyalarni rivojlantirishning ahamiyati ta’kidlanib, xulosalar berildi.
Mualliflar:
Gazziyev Jobir Jo`raxanovich
Namangan davlat pedagogika instituti
ART pedagogika kafedrasi dotsenti
Maxkamjanov Samandar Qodir o‘g‘li
Namangan davlat pedagogika instituti
Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
Maqolada musiqa ta’limi va innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati ko‘rib chiqilgan bo‘lib, musiqa ta’limining yosh avlodni estetik tarbiyalashdagi o‘rnini va ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘rnini ta’kidlaydi. Innovatsion texnologiyalar, jumladan, interaktiv usullar, multimedia vositalari, mobil ilovalar va raqamli platformalar yordamida musiqa ta’limining samaradorligini oshirish mumkinligi keltirilgan. Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarga musiqa nazariyasini o‘rganish, musiqiy ijro etish, ritmni aniqlash va yaratuvchanlikni rivojlantirishda yordam beradi. Shuningdek, maqolada inkluziv ta’limning qo‘llab-quvvatlanishi va yangi texnologiyalarning kelajakdagi roli, jumladan, texnologiyalarining musiqa ta’limidagi o‘rni. Umuman olganda, maqola innovatsion texnologiyalar orqali musiqa ta’limining sifatini oshirish va o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishiga xizmat qilishning muhim.
Ushbu maqolada maktab geografiyasini o'qitishda qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim vositalari ko'rib chiqiladi. Ularning tasnifi, vazifalari va ta'lim jarayoni uchun ahamiyati tahlil qilinadi. Geografik axborot tizimlari (GIS) va interaktiv platformalar kabi raqamli texnologiyalar integratsiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqolada talabalarning fazoviy tafakkurini rivojlantirishga va ularning tahliliy qobiliyatlarini yaxshilashga yordam beradigan uslubiy yondashuvlar ko'rib chiqiladi. Raqamlashtirishning ta'lim samaradorligiga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan. Taʼlim islohoti sharoitida Oʻzbekiston maktablarida geografik taʼlimni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
Zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirish ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ta’limga integratsiyalashuvi axborot oqimlarini tahlil qilish, ma’lumotlarni qayta ishlash va mustaqil xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.
Tadqiqot doirasida nazariy-metodologik tahlil, taqqoslash usuli, kontent-tahlil hamda ekspert baholash metodlaridan foydalanildi. Natijalar sun’iy intellektning axborot bilan ishlash, tahliliy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish jarayonlarida samarali vosita ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqotda sun’iy intellekt asosida axborotni qayta ishlash samaradorligi, individuallashtirilgan o‘quv jarayonlari va ilmiy-tahliliy faoliyatda innovatsion yondashuvlar muhokama qilinadi.
Shuningdek, maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishda yuzaga keladigan muammolar, jumladan, axborot ishonchliligi, akademik halollik, texnologik cheklovlar va metodologik moslashuv muammolari ham ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida optimal foydalanish uchun innovatsion ta’lim metodlarini ishlab chiqish hamda sun’iy intellekt va an’anaviy pedagogik yondashuvlar o‘rtasida muvozanatni saqlash zarurligini tasdiqlaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekistonning kasbiy taʼlim tizimida fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi koʻrib chiqilib, dual taʼlimni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolaning xulosasiga ko‘ra, yaxshi tuzilgan fan-ta’lim-ishlab chiqarish modeli talabalarni sanoatga tegishli ko‘nikmalar bilan qurollantirish va milliy iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun juda muhimdir.
Ushbu maqolada yangi soha sifatida tadqiqotchilarning e’tibor markazida bo‘lib kelayotgan Neyrodidaktika fani xususida so‘z boradi. Kelib chiqishi, maqsad va vazifalari, ta’limda neyrodidaktik yondashuvlardan foydalanishning zarurati, shuningdek asosiy yo‘nalishlari borasidagi fikrlar ham o‘rin olgan.
Mualliflar:
Xolboyeva Nargiza Baxodirovna
Namangan davlat universiteti Fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi, Yusupov Dilmurod Abdurashidovich
Namangan davlat pedagogika instituti Aniqfanlar kafedrasi v.b. dotsenti
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’limda astronomiya fani mashg‘ulotlarini tashkil etishda “ZOOM” elektron ma’lumotlaridan foydalanish, Stellarium vertual teleskopi yordamida osmonning “3D” manzarasini kuzatish va ayrim mavzularga oid yangi yaratilgan elektron qo‘llanmadan foydalanib samarali natijalarga eltuvchi o‘qitish metodikasi bayon etilgan.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf Science(tabiiy fanlari)ning o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni, dars tashkil etishda e’tiborli jihatlari, zamon hamda muhit qamrovini olgan holda topshiriqlar tizimini tashkil etish kabi bir qator masalalr ko‘rib chiqildi, tavsiyalar berib o‘tildi
Mualliflar:
Ashirbaeva Madina Nuralievna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Lingvistika va ingliz tilini o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi va tayanch doktoranti
Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar va resurslar muhim ahamiyatga ega. WebCorpus — internetda joylashgan katta hajmdagi matnlar to'plamidir. WebCorpus chet tillarini o'qitishda samarali vosita hisoblanadi. Bu resurslar til o’rganuvchilariga real hayotdagi tilni o'rganish (autentik), tahlil qilish va amaliyotda qo'llash imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada keltirilgan yangi Internetga asoslangan yangi yondashuv o'qituvchilar va talabalar uchun qiziqarli va foydali bo'lishi mumkin. Undan tashqari maqolada WebCorpus yondashuvi, yoki Internetga korpus sifatidagi qarashlarning nazariy asoslari va korpus lingvistikasining rivojlanish bosqichlari va bu jarayonda “Web as Corpus”ning korpus lingvistikasiga ta’sirlari va uni birmuncha o’zgarishiga sabab bo’lganligini, korpusning qisqacha tarixi, unga berilgan ta’riflar bilan tanishtirib o’tadi.