ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING LUG‘AVIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI




ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING LUG‘AVIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI


Mualliflar: Parpiyev Odil Olimovich, Qo‘qon universiteti, Ta’lim kafedrasi dotsent v.b.

Annotatsiya Jamiyatda yangi avlodni tarbiyalash, avvalo, uning og‘zaki va yozma nutqining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Nutqni rivojlantirishning asosini esa o‘quvchilarning lug‘at boyligi tashkil qiladi. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida lug‘aviy ko‘nikmalarning rivojlanishi masalasi yoritilgan bo‘lib, asosiy e’tibor ona tili darslarida o‘quvchilarning yangi so‘z bilan ishlay olishi, yangi so‘z ishtirokida gaplar va matn tuza olish malakasiga qaratildi. Bolalardagi nofaol lug‘atni faol lug‘atga aylantirish usullari bayon etilib, interaktiv usullar orqali so‘z ustida ishlashning samarali ekanligi ta’kidlangan. Muallif ilgari surayotgan fikrlarini soha mutaxassislarining fikrlari asosida rivojlantirgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z ma’nosining tushuninish darajasi, berilgan matn tarkibidagi so‘zlarni yakka va o‘qituvchi yordamida anglashi ularga berilgan mashqlar asosida sinab ko‘rildi. Tajriba-sinov ishlari Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 2-, 10-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-, 3-, 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildib, pedagogic kuzatish, taqqqoslash, qiyoslash metodlari amaliyotga joriy qilindi. Tajriba-sinov natijalari umumlashtirilib, jadvalda ifodalandi va muallif munosabati bildirildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida lug‘aviy kompetensiyalarni rivojlantirishning ahamiyati ta’kidlanib, xulosalar berildi. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, lug‘at, so‘z, imlo, izohli lug‘at, yozma, nutq, interaktiv, metod.