O‘QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVASION METODLARNI TA’LIMGA JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Mualliflar: Ismoilov Temurbek Islomovich Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori Sobirjanova Buxolicha Farxodjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Annotatsiya Mazkur maqolada o‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda innovasion metodlarni ta’lim jarayoniga joriy etish istiqbollari tahlil qilingan. Ta’limda kreativlik insonning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, murakkab masalalarga ijodiy yondashuvni shakllantirish va innovasion yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xususan, dizayn o‘ylash, masala yechish metodikasi va aqliy hujum usulini qo‘llash orqali o‘quvchilarning kreativlik qobiliyatini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, milliy va xalqaro tajriba tahlil qilinib, innovasion metodlarni qo‘llashning ijobiy natijalari ta’kidlangan. Ushbu metodlarni qo‘llash pedagoglarning samarali ta’lim jarayonini tashkil etishida va o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishini qo‘llab-quvvatlashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada keltirilgan tavsiyalar ta’lim tizimida innovasion yondashuvlarni samarali joriy etishda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so'zlar: kreativ fikrlash, innovasion metodlar, ta’lim jarayoni, dizayn o‘ylash, aqliy hujum, masala yechish, ijodiy salohiyat, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, mustaqil fikrlash, milliy tajriba, xalqaro tajriba, pedagogik innovatsiya.