WebCorpus yondashuvi asosida Internetga korpus sifatidagi qarashlar
Mualliflar: Ashirbaeva Madina Nuralievna Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Lingvistika va ingliz tilini o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi va tayanch doktoranti
Annotatsiya Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar va resurslar muhim ahamiyatga ega. WebCorpus — internetda joylashgan katta hajmdagi matnlar to'plamidir. WebCorpus chet tillarini o'qitishda samarali vosita hisoblanadi. Bu resurslar til o’rganuvchilariga real hayotdagi tilni o'rganish (autentik), tahlil qilish va amaliyotda qo'llash imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada keltirilgan yangi Internetga asoslangan yangi yondashuv o'qituvchilar va talabalar uchun qiziqarli va foydali bo'lishi mumkin. Undan tashqari maqolada WebCorpus yondashuvi, yoki Internetga korpus sifatidagi qarashlarning nazariy asoslari va korpus lingvistikasining rivojlanish bosqichlari va bu jarayonda “Web as Corpus”ning korpus lingvistikasiga ta’sirlari va uni birmuncha o’zgarishiga sabab bo’lganligini, korpusning qisqacha tarixi, unga berilgan ta’riflar bilan tanishtirib o’tadi. Kalit so'zlar: “Web as Corpus”/WebCorpus yondashuvi, korpus lingvistikasi, Internet/Web, BNC, matnlar to’plami, WebCorpusning xususiyatlari, tillar reytingi, bog’langanlik.