TALABALARNING INFORMATSION-ANALITIK KOMPETENTLINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH




TALABALARNING INFORMATSION-ANALITIK KOMPETENTLINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH


Mualliflar: Baydjanov Bekzod Xaitboyevich Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Annotatsiya Zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirish ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ta’limga integratsiyalashuvi axborot oqimlarini tahlil qilish, ma’lumotlarni qayta ishlash va mustaqil xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida nazariy-metodologik tahlil, taqqoslash usuli, kontent-tahlil hamda ekspert baholash metodlaridan foydalanildi. Natijalar sun’iy intellektning axborot bilan ishlash, tahliliy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish jarayonlarida samarali vosita ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqotda sun’iy intellekt asosida axborotni qayta ishlash samaradorligi, individuallashtirilgan o‘quv jarayonlari va ilmiy-tahliliy faoliyatda innovatsion yondashuvlar muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishda yuzaga keladigan muammolar, jumladan, axborot ishonchliligi, akademik halollik, texnologik cheklovlar va metodologik moslashuv muammolari ham ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida optimal foydalanish uchun innovatsion ta’lim metodlarini ishlab chiqish hamda sun’iy intellekt va an’anaviy pedagogik yondashuvlar o‘rtasida muvozanatni saqlash zarurligini tasdiqlaydi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, informatsion-analitik kompetentlik, ta’lim texnologiyalari, axborot tahlili, innovatsion pedagogika.