"Ta'lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali 2026-yil 1-soni
"Ta'lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali 2026-yil 1-soni
Namangan davlat pedagogika institutining “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 25-oktabrda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro’yxatidan (№ 045 044) o‘tkazilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining 2024-yil 30-noyabrdagi (№ 364/5) yigʻilishi qaroriga asosan pedagogika fanlari boʻyicha falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar (OAK) roʻyhatiga kiritilgan. Jurnalning birinchi soni 2022-yilning dekabr oyidan e’tiboran nashr etib borilmoqda. UDK: 37, Xalqaro standartlashtirish raqami (ISSN): 2992-9008. Jurnalning har bir soni slib.uz saytiga doimiy tarzda yuklab boriladi.
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida biologiya fanini o‘qitishning metodologik asoslari, xususan, ko‘rishda nuqsoni bor o‘quvchilar uchun differensial yondashuvning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot doirasida Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 45-sonli “Nurli maskan” maktab-internatida taktil-relyefli didaktik vositalar (po‘kakli modellar) asosida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar natijalari tahlil qilingan. Maqolada biologik tushunchalarni taktil sezgi orqali shakllantirishning ilmiy-pedagogik samaradorligi amaliy tajriba natijalari asosida asoslab berilgan.
Maqola talabalarning muloqot madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik va kontseptual asoslarini o‘rganadi. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va nazariy asoslari ko‘rib chiqiladi. Metodika qismida adabiyotlar tahlili va pedagogik metodlardan foydalanilgan. Natijalar talabalarda muloqot madaniyatini shakllantirishning asosiy tamoyillari va mexanizmlarini ko‘rsatadi. Muhokama qismida ushbu asoslarning amaliy ahamiyati muhokama qilinadi.
Ushbu maqolada kar bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish jarayonida logopedik yondashuvning ahamiyati, tamoyillari va samarali metodlari yoritilgan. Nutq apparatini faollashtirish, eshitish qoldig‘idan foydalanish, artikulyatsion mashqlar, vizual qo‘llab-quvvatlash hamda multisensor yondashuvning o‘rni batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, logoped va surdopedagog hamkorligi, zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi ham amaliy misollar bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari kar bolalarda og‘zaki nutqni shakllantirish bosqichma-bosqich,bolaning egallash holatini inobatga olish va tizimli yondashuvni talab etishini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada umum ta’lim maktablarining 7–11-sinflarida geometriya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tafakkur jarayonlarini rivojlantirish masalasi zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda mantiqiy, fazoviy va analitik tafakkurni shakllantirishning didaktik mexanizmlari, geometrik tushunchalarni o‘zlashtirish jarayonida bilish faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi, shuningdek, muammoli ta’lim, modellashtirish, vizualizatsiya va refleksiv metodlarning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash jarayonida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqotda o‘qish kompetensiyasining mohiyati, uning tarkibiy qismlari hamda ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali pedagogik yondashuvlar, uch bosqichli o‘qish modeli (pre-reading, while-reading, post-reading) asosida ishlab chiqilgan mashqlar tizimi o‘rganiladi.
Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida ekologik ta’limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar, amaliy faoliyatga asoslangan mashg’ulotlar va fanlararo integratsiya imkoniyatlari o’rganildi. Tajriba-sinov ishlari umumta’lim maktablarining 3–4-sinf o’quvchilari ishtirokida o’tkazilib, tajriba va nazorat guruhlari natijalari qiyosiy tahlil qilindi. Olingan natijalar ekologik ta’limni tizimli va maqsadli tashkil etish o’quvchilarning ekologik bilimi, ongi va madaniyatini rivojlantirishda yuqori samara berishini ko’rsatdi. Maqolada keltirilgan xulosa va takliflar boshlang’ich ta’lim tizimida ekologik ta’lim-tarbiyani takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
5–6-sinflarida tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitish bo‘yicha zamonaviy metodologik yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan takomillashtirish modeli tahlil etilgan. Modelning konseptual asoslari, komponentlari, didaktik prinsiplari, xorijiy tajribalar bilan taqqoslanishi va amaliyotga joriy etish yo‘llari keng yoritilgan.
Mazkur maqolada umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 6-sinfi “Tabiiy fanlar” darsligidagi fizik bilimlarni fanlararo yondashuv asosida o‘qitish orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-metodik jihatlari yoritilgan boʻlib, u “Moddalarning xossalari” mavzusi misolida koʻrsatib berilgan. Taʼlim jarayonida fizik bilimlar va ularning ekologik tushunchalar bilan boglanishi darslarni loyihalash, muammoli ta’lim, amaliy tajribalar, loyihaviy ishlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali moddalarning xossalari: gazlar, agregat holatlar, issiqlik o‘tkazuvchanlik, elektr o‘tkazuvchanlik kabi fizik tushunchalar ekologik bilim va tushunchalar bilan bog‘lab o‘rganilgan.
mazkur maqolada umumta’lim maktablarida oʻtiladigan fizika darslarida elektr qarshiliklarni tushuntirishda simulyatsiyalardan foydalanishning ahamiyatini yoritib berishga harakat qilinadi. Darsga oʻquvchilarning diqqatini jalb qilish va ularni darsga qiziqtirish uchun foydalaniladigan vositalarga toʻxtalib oʻtiladi. Bunday vositalar va simulyatsiyalardan ta’lim uzviyligining barcha bosqichlarida foydalanish mumkinligi aytiladi.
Ushbu maqolada yoshlar orasida o‘zbek musiqa madaniyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari, sohani o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etayotgan metodologik asoslar, shuningdek yurtimizda amalga oshirilayotgan musiqa madaniyatini yuksaltirish, tarixiy-madaniy va diniy-ma’rifiy qadriyatlarni qayta tiklash va buyuk ajdodlarimizning ma’naviy-axloqiy, madaniy merosini o‘rganish masalalari muhokama qilingan.