“Global makonda talabalarning ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy dunyoqarashi: tahlillar, takliflar, tavsiyalar” mavzusida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman 2025-yil 22-aprel
“Global makonda talabalarning ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy dunyoqarashi: tahlillar, takliflar, tavsiyalar” mavzusida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman 2025-yil 22-aprel
“Global makonda talabalarning ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy dunyoqarashi: tahlillar, takliflar, tavsiyalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman Namangan davlat pedagogika instituti rektorining 2025-yil 21-apreldagi 65-U-sonli buyrug’iga muvofiq o’tkazildi hamda anjuman materiallari to’plami anjuman Tashkiliy qo’mitasining 2025-yil 5-maydagi 2-sonli yig’ilishida (Bayonnoma №2) muhokama qilinib, ilmiy to’plam sifatida nashr etish uchun tavsiya etilgan.
Mazkur maqolada korporativ oliy ta’lim sharoitida rahbar-kadrlarning soft-kompetensiyalarini rivojlantirishning boshqaruv-pedagogik modeli ishlab chiqilgan va nazariy jihatdan asoslangan. Model ijtimoiy buyurtma asosida shakllanuvchi oltita o‘zaro bog‘liq blok — maqsadli, metodologik, mazmuniy, texnologik, diagnostik-baholash va natijaviy bloklardan iborat. Modelning o‘ziga xosligi pedagogik jarayonni rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash, muvofiqlashtirish, nazorat va tuzatish funksiyalarini bajaruvchi boshqaruv quyi tizimi bilan uyg‘unlashtirishda hamda tajribaga tayanish, individual trayektoriya, refleksiv-tahliliy va mentorlik-kouching kabi to‘rtta andragogik mexanizmga tayanishida namoyon bo‘ladi. Diagnostik-baholash blokidan maqsadli blokka qayta aloqa modelning o‘z-o‘zini tuzatuvchi tizim sifatida ishlashini ta’minlaydi. Modelni samarali amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik shartlari ko‘rsatib berilgan.
Ushbu maqolada ta'lim va tarbiya samaradorligini oshirishga qaratilgan kreativ
yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar orqali o‘quvchilarni nutqini rivojlantirishga doir metodlar
keltirilgan. Nutqni rivojlantirish, tinglash va tushunish, so‘zlashish va muloqot qilish, ijodiy fikrlash
to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kreativ yondashuvlar orqali nutqni rivojlantirish, Innovatsion
texnologiyalar orqali nutqni rivojlantirish yoritib berilgan.