KORPORATIV OLIY TA’LIM SHAROITIDA RAHBAR-KADRLARNING SOFT-KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING BOSHQARUV-PEDAGOGIK MODELI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada korporativ oliy ta’lim sharoitida rahbar-kadrlarning soft-kompetensiyalarini rivojlantirishning boshqaruv-pedagogik modeli ishlab chiqilgan va nazariy jihatdan asoslangan. Model ijtimoiy buyurtma asosida shakllanuvchi oltita o‘zaro bog‘liq blok — maqsadli, metodologik, mazmuniy, texnologik, diagnostik-baholash va natijaviy bloklardan iborat. Modelning o‘ziga xosligi pedagogik jarayonni rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash, muvofiqlashtirish, nazorat va tuzatish funksiyalarini bajaruvchi boshqaruv quyi tizimi bilan uyg‘unlashtirishda hamda tajribaga tayanish, individual trayektoriya, refleksiv-tahliliy va mentorlik-kouching kabi to‘rtta andragogik mexanizmga tayanishida namoyon bo‘ladi. Diagnostik-baholash blokidan maqsadli blokka qayta aloqa modelning o‘z-o‘zini tuzatuvchi tizim sifatida ishlashini ta’minlaydi. Modelni samarali amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik shartlari ko‘rsatib berilgan. Kalit so'zlar: boshqaruv-pedagogik model, korporativ oliy ta’lim, korporativ universitet, rahbar-kadrlar, soft-kompetensiyalar, pedagogik modellashtirish, boshqaruv funksiyalari, andragogik mexanizmlar, qayta aloqa.
