QO‘L JANGI SPORTCHILARINING TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK VA AMALIY ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada qo‘l jangi sportchilarining texnik-taktik tayyorgarligini oshirish masalasi sport natijadorligini belgilovchi muhim omillardan biri sifatida yoritiladi. Jangovar sport turlarida muvaffaqiyat sportchining nafaqat texnik usullarni egallash darajasi, balki ularni musobaqa vaziyatida to‘g‘ri tanlay olishi, o‘z vaqtida qo‘llashi va taktik jihatdan asosli boshqarishi bilan ham belgilanadi. Tadqiqotning мақсади qo‘l jangi sportchilarida texnik-taktik tayyorgarlikni oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-uslubiy yondashuvlarni tizimlashtirish va ularni amaliy model asosida bayon etishdan iborat. Ishda adabiyotlar tahlili, tahliliy-solishtirma yondashuv, metodik modellashtirish va mazmuniy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar texnik harakatlarni vaziyatli qaror qabul qilish, raqib harakatini oldindan anglash, qarshi usullarni tanlash va bosim ostida samarali ijro etish bilan integratsiyalash zarurligini ko‘rsatdi. Shuningdek, vaziyatli mashqlar, kichik jangli o‘yinlar, cheklangan sparring, “Go/No-Go” reaksiyasi va stress sharoitidagi topshiriqlar sportchilarning taktik fikrlashi, qaror qabul qilish tezligi va musobaqaviy barqarorligini oshirishda samarali vosita ekanligi asoslandi. Kalit so'zlar: qo‘l jangi, texnik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, vaziyatli mashqlar, qaror qabul qilish, hujum, himoya, qarshi hujum, sport mahorati, musobaqa faoliyati.
