BELBOG‘LI KURASHDA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada belbog‘li kurashda sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishning zamonaviy metodikasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida kurashchilarning texnik harakatlari, taktik fikrlashi, musobaqa faoliyati va individual xususiyatlari o‘rganilib, ularni rivojlantirishga qaratilgan samarali mashg‘ulot vositalari hamda usullari asoslab beriladi. Texnik-taktik tayyorgarlikni oshirishda modellashtirilgan vaziyatli mashqlar, videoanaliz, biomekanik tahlil hamda individual rejalashtirishning ahamiyati alohida yoritiladi. Zamonaviy metodikalardan foydalanish sportchilarning musobaqadagi samaradorligini oshirish, texnik harakatlarning aniqligi va tezligini rivojlantirish hamda taktik qaror qabul qilish darajasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqot natijalari belbog‘li kurashchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Kalit so'zlar: belbog‘li kurash, texnik-taktik tayyorgarlik, zamonaviy metodika, innovatsion texnologiyalar, mashg‘ulot jarayoni.
