“DEVONI LUG‘OTIT TURK” ASARIDA TURKIY TILLARNING DIALEKTOLOGIK VA LEKSIK BOG‘LIQLIGI
Mualliflar: Gulsanam Maksutovna Norova
Annotatsiya Ushbu maqolada Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari asosida XI asr turkiy tillarining dialektologik va leksik bog‘liqligi ilmiy tahlil qilingan. Asarda qayd etilgan qarluq, qipchoq, o‘g‘uz hamda boshqa turkiy lahjalarning fonetik, morfologik, shuningdek, semantik xususiyatlari o‘zaro qiyoslanib, ularning o‘sha davrdagi hududiy tarqalishi, tarixiy-etnolingvistik o‘ziga xosliklari aniqlangan. Tadqiqotda “Devonu lug‘otit turk” asaridagi leksik birliklarning keng qamrovli tasnifi va ularning semantik maydonlarga bo‘linishi orqali turkiy tillar orasidagi ichki strukturaviy aloqalar, umumiy ildizlar hamda differensial belgilar yoritilgan. Shuningdek, Qoshg‘ariy tomonidan berilgan dialektal izohlarning hozirgi turkiy tillar tizimidagi izchil davomiyligi ham ko‘rsatib berilgan. Mazkur maqola “Devonu lug‘otit turk”ni nafaqat tarixiy lug‘at, balki turkiy tillarning eng qadimgi dialektologik manbalaridan biri sifatida baholash imkonini beradi. Kalit so'zlar: “Devonu lug‘otit turk”, Mahmud Qoshg‘ariy, turkiy tillar, dialektologiya, shevalar tasnifi, leksik birliklar, lingvogeografiya, lingvoareal tahlil, qarluq, qipchoq, o‘g‘uz lahjalari, umumturkiy leksika, tarixiy tilshunoslik, etnolingvistika, leksik-semantik bog‘liqlik, shevalar o‘zaro munosabati, turkiy tillar taraqqiyoti.
