MA’NAVIY-MA’RIFIY KOMPETENSIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHDA FALSAFIY TAHLIL METODINING ROLI




MA’NAVIY-MA’RIFIY KOMPETENSIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHDA FALSAFIY TAHLIL METODINING ROLI


Mualliflar: Abdullayev Akmal Nasriddinovich

Annotatsiya Ushbu maqolada ma’naviy-ma’rifiy kompetensiyalarni takomillashtirish jarayonida falsafiy tahlil metodining o‘ziga xos ahamiyati yoritiladi. Jamiyatda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ongni shakllantirish har bir ta’lim muassasasining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu nuqtai nazardan, talaba yoshlarda ma’naviy-ma’rifiy kompetensiyalarni rivojlantirish ularning kelajakda jamiyatda mustaqil fikrlaydigan, taraqqiyot jarayonlarida faol qatnashadigan shaxs sifatida kamol topishi uchun muhim shart-sharoit yaratadi. Zero, ma’naviy-ma’rifiy kompetensiya bir vaqtning o‘zida intellektual, axloqiy va estetik kamolotni qamrab oladi. Falsafiy tahlil metodi talabalarda butun olam haqida teran tushuncha hosil qilishga ko‘maklashadi, chunki u bilim yo‘nalishlari o‘rtasida uzviy bog‘lanish o‘rnatish, voqelikni tanqidiy ko‘rib chiqish, ma’naviy qadriyatlarni ilmiy asosda muhokama qilish imkonini beradi. Mazkur metod inson hayoti, jamiyat taraqqiyoti va axloq normalari bo‘yicha chuqur fikr yuritish asosida fikrlashni sayqallash, qarashlar uyg‘unligi va daxldorlik hissini paydo qiladi. Shu bilan birga, mazkur yondashuv talabalarni obyektiv dalillar asosida xulosa chiqarishga, turli masalalarda xolis pozitsiyani egallashga rag‘batlantiradi. Natijada, talabalar shaxsiy ma’naviy ongini boyitish bilan bir qatorda jamiyatda yuqori ma’naviy muhit shakllanishiga hissa qo‘shadilar. Kalit so'zlar: falsafiy tahlil, ma’naviy-ma’rifiy kompetensiya, talaba yoshlar, tanqidiy fikrlash, intellektual salohiyat, axloqiy qadriyatlar, ta’lim jarayoni, innovatsion yondashuv, tarbiya metodlari, mustaqil fikrlash, falsafa fanining roli, ta’lim samaradorligi.