BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TAFAKKURNI RIVOVLANTIRISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI




BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TAFAKKURNI RIVOVLANTIRISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI


Mualliflar: Ziyomiddinova Nilufar Avazbekovna

Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkurni rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bolalar tafakkurining rivojlanish xususiyatlari, ularning yoshiga xos psixologik va pedagogik jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mantiqiy, tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali ta’lim texnologiyalari va metodik yondashuvlar haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan o‘yinli mashg‘ulotlar, muammoli ta’lim, interfaol usullar va vizual materiallardan foydalanishning ahamiyati ochib beriladi. Maqolada ta’lim jarayonida tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan samarali strategiyalar taklif etilib, pedagoglarning ushbu yo‘nalishda qo‘llashi mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot boshlang‘ish sinf tarbiya darslarini o‘qitishning tegishli interaktiv usullarini aniqlash uchun o‘tkazildi. Shu maqsadda umumta’lim maktabining 60 nafar 1-2-sinf o‘quvchilari ishtirokida pedagogik tajriba o‘tkazilib, tarbiya fanini o‘rganishga bo’lgan motivatsiya darajasi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi. O‘quvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar va kuzatishlar natijalari darslarda tafakkurni rivojlantiruvchi o‘yinlar, interfaol o‘yinlardan foydalanish hisobiga fikllash, ijodkorlik va tarbiya fanini o‘rganish motivatsiyasining sifat jihatdan ijobiy o‘sishini ko‘rsatdi. Maqolada tafakkurni rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari qaratilgan interfaol o‘yin turlari ko‘rib chiqildi, o‘qitishda zamonaviy interfaol o‘yin turlaridan foydalanishning asosiy turlari va usullari tavsiflandi. Zamonaviy texnologiyalar tasavvurini rivojlantiradi, kerakli mavsuni avtomatik tushunishga va o‘quvchining hissiy va hissiy sohasini rivojlantirishga yordam beradi. O‘tkazilgan interfaol o‘yin turlari tarbiya darslarini oson o‘zlashtirish, o‘yin texnikasidan foydalanishning asosiy xususiyatlariga e’tibor qaratadi va tafakkukni rivojlanturuvchi o‘yinlar, interfaol o’yinlarni o‘rganish jarayoniga joriy etish muhimligi ta’kidlanadi. Tarbiya darslarini tashkil etishda tafakkurni rivojlantirishga qaratilga interfaol usullar mavzuni yaxshi o‘zlashtirishga, o‘quvchilarni fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Kalit so'zlar: tafakkurni rivojlantirish, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik imkoniyatlar, mantiqiy tafakkur, ijodiy tafakkur, interfaol metodlar.