RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA GERONTOPEDAGOGIK METODLAR ORQALI PROFESSORO‘QITUVCHILARNING SHAXSIY SALOHIYATINI MUSTAHKAMLASH
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning shaxsiy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash masalalari gerontopedagogik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli muhitda pedagoglarning kasbiy faoliyati, ayniqsa, yoshi katta mutaxassislarning moslashuvchanligi hamda bilim va ko‘nikmalarini yangilab borish zarurati ortib bormoqda. Tadqiqotda gerontopedagogik metodlarning mazmuni, ularning raqamli texnologiyalar bilan integratsiyasi hamda professor-o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishidagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, maqolada raqamli transformatsiya jarayonida pedagoglarning kognitiv, kommunikativ va innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar asoslab beriladi. Natijada, gerontopedagogik metodlar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni professor-o‘qituvchilarning shaxsiy salohiyatini mustahkamlash, ularning raqamli kompetentligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashda muhim omil ekanligi asoslanadi. Kalit so'zlar: gerontopedagogika, raqamli transformatsiya, oliy ta’lim, shaxsiy salohiyat, professor-o‘qituvchi, pedagogik metodlar, professional rivojlanish, ilmiy-pedagogik faoliyat.
