JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY-FIZIOLOGIK ASOSLARI FANINI O‘QITISH ORQALI TALABALARDA TIBBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH




JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY-FIZIOLOGIK ASOSLARI FANINI O‘QITISH ORQALI TALABALARDA TIBBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH


Mualliflar:
G‘ofurov Abdushokir Mahmudovich


Annotatsiya Mazkur maqolada jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanini o‘qitish orqali talabalarda tibbiy madaniyatni shakllantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda talabalarning sog‘lom turmush tarziga oid bilimlari, gigiyenik ko‘nikmalari hamda tibbiy savodxonligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilindi. Fan mazmuniga integratsiyalashgan innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va amaliy mashg‘ulotlarning talabalarning tibbiy madaniyatini rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari mazkur fanni o‘qitish jarayonida tibbiy bilimlar, sog‘lom turmush tarziga oid kompetensiyalar hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarining sezilarli darajada rivojlanishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar oliy ta’lim muassasalarida talabalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: tibbiy madaniyat, jismoniy tarbiya gigiyenasi, sport fiziologiyasi, sog‘lom turmush tarzi, tibbiy savodxonlik, gigiyenik ko‘nikmalar, talaba, pedagogik texnologiyalar, birinchi tibbiy yordam, kompetensiya.