“Sun’iy intellektni pedagogik ta’limga tadbiq etishning ustivor yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2026-yil 24-25-aprel
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘iga 1-ilova bilan tasdiqlangan “2026-yilda xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq, 2026-yil 24 – 25-aprel kunlari Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasining tashabbusi bilan o‘tkazildi. Anjuman materiallari Namangan davlat pedagogika instituti Ilmiy-texnikaviy kengashining 2026-yil 10-maydagi kengaytirilgan 5-sonli yig‘ilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. To‘plamdan o‘rin olgan maqolalarning ilmiy saviyasi, ulardagi dalillar, keltirilgan ma’lumotlarning aniqligi va ko‘chirmachilik holatlari (plagiat) uchun mualliflar shaxsan javobgar hisoblanadi.
