SUN’IY INTELLEKT TIZIMIDAN FOYDALANIB KASBGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMNI TASHKIL ETISH
Mualliflar: Nafasov Ganisher Abdurashidovich, Qudratov Alijon Normamatovich, Bahodirov Muzrob Doniyor ogli
Annotatsiya Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining kasbga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoniga tatbiqi, ularning imkoniyatlari, afzalliklari va pedagogik samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy SI tizimlari ta’lim oluvchilarning qiziqishlari, intellektual salohiyati, kompetensiyalari va mehnat bozori talablariga asoslangan holda mos kasb yo‘nalishlarini tavsiya etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Maqolada SI asosida ishlaydigan kasb tanlash algoritmlari, adaptiv ta’lim platformalari, intellektual diagnostika tizimlari hamda shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarining afzalliklari ilmiy asoslangan holda yoritiladi. Tadqiqot natijalari kasbga yo‘naltirish jarayonini raqamlashtirish va optimallashtirish imkoniyatlarini namoyon qiladi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, kasbga yo‘naltirish, raqamli ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, intellektual diagnostika, adaptiv o‘qitish, mehnat bozori, kompetensiyalar.
