MUSIQA O‘QUV DASTURLARIDAN O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK TAFAKKURIGACHA: FINLYANDIYA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TA’LIMI
Mualliflar: Malika Xudaybergenova
Annotatsiya Fin ta’lim tizimi o‘zgacha metod va qarashlari bilan rivojlangan davlatlar ta’lim tizimlaridan ajralib turadi. Buning asosiy sababi ta’lim tizimidagi shaffoflik, erkinlik va inson qadr-qimmati yuqoriligi desak mubolag’a bo‘lmaydi. Xususan ancha yillardan buyon xalqaro PISA dasturida yetakchi davlatlar qatorida ekanligi Fin ta’lim tizimi kuchining isboti deb bilamiz. Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimiga o‘zgarishlar, yangi tendensiyalar kirib kelishini qo‘llab quvvatlash asnosida, xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanishga talab ham kuchaymoqda. Shu bois musiqa ta’limi sohasida yangiliklar, o‘zgacha tajribalarni qo‘llash uchun shart-sharoitlar bisyor. Ushbu maqolada Finlyandiya ta’lim tizimidagi an’anaviy va zamonaviy ta’lim metodlari va innovatsiyalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so'zlar: Fin musiqa ta’limi tizimlari, ustoz-shogird an’analari, umumiy va qarama-qarshi fikrlar, musiqiy faoliyatlar.
