IQTISODIY MASALALARGA DIFFERENSIAL HISOBNING QO‘LLANILISH TATBIQI
Mualliflar: Nafasov Ganisher Abdurashidovich, Dustnazarova Irodaxon Ikromjon qizi, Jangibayev Ilhom Usmonqul oʻgʻli
Annotatsiya Ushbu maqolada differensial hisobning iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishdagi o‘rni, uning asosiy usullari va qo‘llanish mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Xususan, funksiyaning hosilasi yordamida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarish tezligini aniqlash, limit va differensiallar orqali iqtisodiy jarayonlarning chegaraviy qiymatlarini tahlil qilish, maksimal va minimal masalalarni yechishning amaliy uslublari bayon qilinadi. Shuningdek, marjinal tahlilda hosilalarning qo‘llanishi, talab va taklif funksiyalarining elastikligi, xarajat va foydaning optimallashtirish masalalarida differensial hisobning ahamiyati aniq misollar orqali ko‘rsatiladi. Kalit so'zlar: differensial hisob, iqtisodiy model, marjinal tahlil, elastiklik, optimallashtirish, hosila, limit, iqtisodiy funksiya, maksimal foyda, chegara xarajatlar.
