KIMYO FANINI OʻQITISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Mualliflar: Asqarova Nazokat Alisherxon qizi, Sattarova Dilfuza Maqsudovna
Annotatsiya Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy istiqbollari tahlil qilinadi. Ishda sun’iy intellektning o‘quv jarayonini individualizatsiyalash, laboratoriya ishlarini simulyatsiya qilish, tajribalarni xavfsiz muhitda amalga oshirish, o‘quvchilarning bilim darajasini avtomatik baholash va interaktiv o‘quv materiallarini yaratish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada ilmiy adabiyotlar tahlili asosida pedagogik metodologiya va sun’iy intellekt vositalarining kimyo fanini o‘qitishga qo‘llanilishining samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari kimyo fanini ta’lim jarayonida SI texnologiyalarining joriy etilishi o‘quv jarayonining sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilimini chuqurlashtirish va qiziqishini mustahkamlash imkonini berishini tasdiqlaydi. Kalit so'zlar: kimyo ta’limi, sun’iy intellekt, laboratoriya simulyatsiyasi, interaktiv o‘quv materiallari, individualizatsiyalashgan o‘qitish, o‘quvchilar bilimini baholash.
