O’QUVCHILARDA “TARBIYA FANLAR”NI O’QITISH JARAYONIDA ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH
Mualliflar: Sharopova Ug’iljon Abduxalilovna
Annotatsiya Ushbu maqola “Tarbiya fanlar”ida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini ko‘rib chiqadi. O‘quvchilarga ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy mas’uliyatni his qilish uchun yordam beradi. Maqolada ilmiy dunyoqarashning tarbiya fanlaridagi ahamiyati, o‘quvchilarga ta’siri, metodik yondashuvlar va pedagogik amaliyotdagi muammolar hamda ularning yechimlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda qo‘llaniladigan metodlar, ya’ni, muammoli o‘rganish, loyiha metodlari, amaliy mashg‘ulotlar va munozara usullari keltirilgan. Maqola “Tarbiya fanlar”i o‘qitish jarayonida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muhimligini va uning pedagogik amaliyotdagi o‘rni haqida chuqur tahlil olib boradi. Kalit so'zlar: ilmiy dunyoqarash, “Tarbiya fanlar”i, pedagogika, tanqidiy fikrlash, metodik yondashuvlar, muammoli o‘rganish, loyiha metodlari, amaliy mashg‘ulotlar, ijtimoiy mas’uliyat, pedagogik metodlar, tarbiyaviy qadriyatlar, axloqiy tarbiya.
