UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA TARBIYA FANINI O’QITISH JARAYONIDA TABAQALASHTIRILGAN YONDASHUV
Mualliflar: Aripov Yunus Yusupovich
Annotatsiya Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishda differensial yondashuvning o‘rni va amaliy ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarning yosh, jinsiy, psixofiziologik va jismoniy tayyorgarlik darajasidagi individual farqlarni aniqlash, mashg‘ulot jarayonida yuklama va mashqlarni individuallashtirish tamoyillarini qo‘llash orqali olingan natijalar tahlil qilindi. Pedagogik tajriba differensial yondashuv jismoniy sifatlarning rivojlanishini tezlashtirishi, harakat ko‘nikmalarining barqaror shakllanishini ta’minlashi, mashg‘ulotlarga motivatsiyani oshirishi hamda ortiqcha yuklanish xavfini kamaytirishini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: differensial yondashuv, jismoniy tarbiya, individuallashtirish, jismoniy sifatlar, motor ko‘nikmalar, o‘quv-tarbiya jarayoni, umumta’lim maktabi.
