TARBIYA DARSLARIDA TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI IQ TEST TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH
Mualliflar: Ziyomiddinova Nilufar Avazbekovna
Annotatsiya Maqolada Tarbiya darslarida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash jarayonlarini rivojlantirish hamda tafakkurni rivojlantiruvchi IQ test topshiriqlaridan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun moslashtirilgan mantiqiy, analitik, verbal va vizual-mavhum fikrlashni faollashtiruvchi IQ testlarining didaktik imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, mazkur topshiriqlarning tarbiya darslarida qo‘llanishi o‘quvchilarning o‘z fikrini asoslash, muqobil yechimlar topish, vaziyatlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga ijobiy ta’siri ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari IQ testlarining tarbiya jarayonida nafaqat bilish faoliyatini kuchaytirishi, balki o‘quvchilarda mas’uliyat, aniqlik, mantiqiy izchillik, mustaqil fikrlash, refleksiv yondashuv kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutishini tasdiqladi. Maqolada IQ topshiriqlarini tarbiya darslarining mavzulari bilan integratsiya qilishning metodik yondashuvlari, o‘qituvchi uchun amaliy tavsiyalar, shuningdek, o‘quvchilarning yosh imkoniyatlariga moslashtirish me’zonlari batafsil yoritilgan. Olingan ilmiy natijalar Tarbiya darslarini zamonaviylashtirish, dars jarayonini faollashtirish, o‘quvchi shaxsining intellektual va ma’naviy rivojiga xizmat qiladigan innovatsion metodlardan foydalanish jarayonida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishlanmalar boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan o‘quv-metodik qo‘llanmalar, tarbiya darslari va interfaol dars modellarini yaratishda qo‘llash uchun ham samaralidir. Kalit so'zlar: IQ testlari, tafakkurni rivojlantirish, Tarbiya darslari, mantiqiy fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, interfaol topshiriqlar, innovatsion metodlar.
