KUTUBXONALARDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI




KUTUBXONALARDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI


Mualliflar: O‘ktam Nosirov

Annotatsiya Maqolada hozirgi sharoitda madaniy, ma’naviy va mafkuraviy, siyosiy vazifalar doirasi kengayib borayotganligini hisobga olgan holda, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni har tomonlama kuchaytirish, uning samaradorligini oshirishga har tomonlama ahamiyat berish zaruriyatga aylanayotganligi, globallashuv jarayonlarining kuchayishi natijasida jahon miqyosida tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdidlar kuchayib borayotganligi tufayli ayrim fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning terroristik va diniy ekstremistik harakatlarga adashib qo‘shilib qolishi, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik tufayli kelib chiqayotgan turli salbiy holatlar, jinoyatchilik, to‘ylardagi ortiqcha isrofgarchiliklar, oilaviy ajralishlar, aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb vazifa ekanligi yoritilgan. Kalit so'zlar: Samara, samaradorlik, oqibat, natija, erishilgan daraja, ma’naviy-axloqiy tarbiya, jamiyat, omil, e’tiqod, ma’naviy ehtiyoj, meyor.