О‘ZBEKISTONDA SPORTNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI




О‘ZBEKISTONDA SPORTNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI


Mualliflar: Mamirova Dilorom Tavakulovna

Annotatsiya Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida sport sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, jismoniy faollik va sport madaniyatini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Ushbu maqolada O‘zbekistonda sport tizimini modernizatsiya qilish jarayonlari, yoshlar sportini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, sport infratuzilmasi rivoji, zamonaviy yo‘nalishlarning shakllanishi hamda sohada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash kabi dolzarb masalalar tahlil qilinadi. Shuningdek, sportning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishdagi roli, sport siyosatining tendensiyalari va o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan yoritiladi. Maqola natijalari O‘zbekistonda sportni rivojlantirishning hozirgi bosqichi va istiqbollarini baholashga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Sport, tendensiya, tarbiya, sog‘lom avlod, yoshlar, 5 tashabbus, jismoniy madaniyat, renessans, tafakkur.