“CHIZIQLI TENGLAMALAR SISTEMASINI YECHISH” MAVZUSINI O‘QITISHDA BBB TEXNOLOGIYASI VA ASSISMENT TEXNIKASIDAN FOYDALANISH
Mualliflar: Akkulova Yulduz Alimovna, Shodmonkulova Shaxnoza Mirvali qizi
Annotatsiya Ushbu ishda “Oliy matematika” fanidan “Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish” mavzusini bayon etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyati yoritilib, uning mazmuni va qo‘llash uslublari haqida ba’zi uslubiy tavsiya va ayrim mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, unda tanlangan mavzuni o‘qitish jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bir interfaol metod va uning qisqacha bayoni aks ettirilgan hamda ushbu mavzuning mazmunini talabalarga yetkazish va bilimlarini mustahkamlash uchun “BBB texnologiyasi va Assisment texnikasi” metodi tatbiq qilingan. Kalit so'zlar: chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi, birgalikda boʻlmagan va aniqmas tenglamalar sistemasi, noma’lumlar ustuni, ozod hadlar ustuni, yagona yechim, Kramer formulalari, Gauss usuli, elementar almashtirishlar, noma’lumlarni ketma-ket yoʻqotish.
