YOSHLAR ORASIDA SPORTNI OMMALASHTIRISH DOLZARB MASALA SIFATIDA
Mualliflar: Mamirova Dilorom Tavakulovna
Annotatsiya Ushbu maqolada yoshlar orasida sportni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil qilish dolzarb masala sifatida tahlil qilingan. Unda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash, sport infratuzilmasini takomillashtirish hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini keng joriy etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, yoshlar sportiga oid davlat siyosati, ta’lim muassasalarida sport faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, ommaviy sport tadbirlarining ijtimoiy-psixologik ta’siri kabi jihatlar ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Kalit so'zlar: sport, yoshlar, ijtimoiy, madaniyat, tafakkur, sog‘lik, vaqt, renessans, taraqqiyot.
