BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK METODLAR VA TEXNOLOGIYALAR (O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA)




BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK METODLAR VA TEXNOLOGIYALAR (O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA)


Mualliflar: Husniddinov X.H.

Annotatsiya Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik metodlar hamda zamonaviy texnologiyalar tahlil qilinadi. Unda o‘quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatini faollashtirish zaruriyati, interaktiv, tadqiqotga asoslangan va loyihaviy o‘qitish metodlaridan foydalanishning ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada tanqidiy va ijodiy tafakkur elementlarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari, shuningdek, o‘qituvchining rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratishdagi roli yoritiladi. O‘quvchilarda o‘qishga barqaror qiziqishni shakllantirish, tasavvur, mustaqillik va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy usullar va mashqlarga alohida e’tibor qaratiladi. Kalit so'zlar: ijodiy salohiyat, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, o‘qish savodxonligi, pedagogik texnologiyalar, o‘qitish metodlari, ijodiy tafakkur, bilish faolligi, loyihaviy faoliyat, interaktiv metodlar, innovatsion yondashuvlar, kreaktivlik, badiiy o‘qish, shaxsiy rivojlanish, kommunikativ ko‘nikmalar, ta’lim jarayoni.