BOSHLANG‘ICH TA’LIM BO‘YICHA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KASBIY TAYYORLASH JARAYONINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Mualliflar: Nazarov Abdugaffor Abdujabbarovich, Abdullaeva Gulshana Shuhratovna
Annotatsiya Maqolada boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Mualliflar zamonaviy pedagogika fanida mavjud ilmiy yondashuvlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tahlil olib borgan. O‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida nazariya va amaliyotning uyg‘unlashuvi, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, kreativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, kasbiy tayyorlash, pedagogik texnologiyalar, tanqidiy fikrlash, innovatsion yondashuvlar, o‘qituvchi kompetensiyalari
