UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI TASVIRIY SAN’ATGA O‘RGATISHNING MAQSADI VA MAZMUNI




UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI TASVIRIY SAN’ATGA O‘RGATISHNING MAQSADI VA MAZMUNI


Mualliflar: Boltaboyev Azizbek Xasanboy o‘g‘li

Annotatsiya Ushbu ishda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tasviriy san’atga o‘rgatishning maqsadi va mazmuni yoritilgan. Boshlang‘ich ta’limda tasviriy san’at o‘quvchilarning estetik didi, ijodkorligi va go‘zallikka muhabbatini shakllantirishga qaratilgan. Dars jarayonida bolalar rasm chizish, rang tanlash, kompozitsiya tuzish kabi amaliy mashg‘ulotlar orqali san’at qonuniyatlarini o‘zlashtiradilar. Maqola mazmunida o‘quvchilarning badiiy didini shakllantirishda milliy san’at namunalaridan foydalanish, ijodiy faoliyatni rivojlantirish usullari hamda tasviriy san’atning tarbiyaviy ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Natijada, boshlang‘ich ta’limda tasviriy san’at fani o‘quvchilarning ijodiy dunyoqarashini kengaytiruvchi, estetik tarbiya beruvchi va madaniy ongni rivojlantiruvchi muhim fan sifatida namoyon bo‘ladi. Kalit so'zlar: haykaltaroshlik, kompozitsiya, ijodiy qobiliyat, rang sezish, tabiat, go‘zallik.