BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIK TA’LIMIDA STEM YONDASHUV ORQALI GEOMETRIK SHAKLLARNI O‘RGATISH METODIKASI
Mualliflar: Ergasheva Xulkaroy Shukurillo qizi, Inoyatov Shukurillo Turg’unboyevich
Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika ta’limida STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) yondashuvini qo‘llash orqali geometrik shakllarni o‘qitishning samarali metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy o‘qitish usullari bilan STEM yondashuvini taqqoslash orqali o‘quvchilarda fazoviy tafakkurni shakllantirish, mustaqil fikrlash va ijodiy yechim topish ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi o‘rganildi. Maqolada xorijiy tajribalarga, xususan, AQSh, Finlyandiya va Janubiy Koreya ta’lim tizimlarida STEM integratsiyasi asosida boshlang‘ich matematika darslarini tashkil etish yondashuvlariga e’tibor qaratilgan. Kalit so'zlar: STEM yondashuvi, boshlang‘ich ta’lim, matematika metodikasi, geometrik shakllar, fazoviy tafakkur, raqamli ta’lim, interaktiv metodlar, ijodiy fikrlash, modellashtirish, o‘quv faoliyati.
