DARSLARDA TANQIDIY FIKRLASHNI TAKOMILLASHTIRISH: KAHOOT TEXNOLOGIYASI MISOLIDA




DARSLARDA TANQIDIY FIKRLASHNI TAKOMILLASHTIRISH: KAHOOT TEXNOLOGIYASI MISOLIDA


Mualliflar: Tuychiyev Adxamjon Tuhtaboyevich

Annotatsiya Kahoot – samarali vosita sifatida o‘quv jarayonida keng qo‘llaniladigan mashhur baholash usullaridan biri sanaladi. Raqamli ta’lim platformasi sifatida undan foydalanish orqali erishish mumkin bo‘lgan ko‘plab afzalliklar mavjud, masalan, o‘qituvchiga baholash natijalarini olishni osonlashtiradi va materialni psixologik jihatdan yaxshi va ochiq tushunishga imkon beradi. Maqolaning maqsadi – Kahoot media platformasidan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan psixologik omillarni o‘rganish va talabalarni muvaffaqiyatga erishish hamda tanqidiy fikrlash xarakterini ochishga bo‘lgan ta’sirini aniqlashdan iborat. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tajriba-sinov davrida talabalarning sinov oldi va sinovdan keyingi to‘plagan ballari o‘rtasida sezilarli farqlar kuzatildi. Shu sababli, ushbu tadqiqot jarayonida Kahootdan foydalanish samaradorligi haqida muhim ma’lumotlar yoritiladi. Kalit so'zlar: Kahoot, tanqidiy fikrlash, raqamli platforma, talabalarning yutuqlari.