OTM TALABALARINI KOMMUNIKATIV KO’NIKMALARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH FUNKSIYALARI




OTM TALABALARINI KOMMUNIKATIV KO’NIKMALARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH FUNKSIYALARI


Mualliflar: Abdullayeva Ozoda Safibullayevna, Inamov Dilmirza Dedamirzayevich, Muxammadjonov Alijon Olimjonovich

Annotatsiya ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalari kommunikativlik (muloqotga kirisha olish) funksiyalarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda talabalarning axborot-kommunikatsiya vositalari orqali o‘z fikrini erkin ifoda etish, samarali tinglash, muloqotni boshqarish kabi ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli platformalar (masofaviy ta’lim tizimlari, onlayn forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va ta’lim ilovalari) orqali o‘quv jarayonini kommunikativ jihatdan boyitishning samarali metodlari taklif etilgan. Maqolada amaliy tavsiyalar, eksperimental natijalar va innovatsion pedagogik yondashuvlar asosida talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Kalit so'zlar: kommunikativ kompetensiya, raqamli texnologiyalar, interaktiv usullar, onlayn muloqot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ta’limda raqamlashtirish, raqamli platformalar.