MAMLAKATIMIZ YOSHLARINING YUKSAK TARBIYASI - YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING ASOSIY OMILIDIR




MAMLAKATIMIZ YOSHLARINING YUKSAK TARBIYASI - YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING ASOSIY OMILIDIR


Mualliflar: Quchqorova Nargiza Mamajonovna, Yo‘lchiyeva Shaxloxon Obidjon qizi

Annotatsiya Maqolada insonni kamolot cho‘qqisiga erishishi uchun eng asosiy omillardan biri bo‘lgan tarbiya ,unga oid qarashlar va har bir insonni ma’nan va jismonan o‘sishiga xizmat qiluvchi omillar, komil inson bo‘lish fazilatlari va saodatga erishish uchun poydevor vazifasini bajaruvchi ilmiy qarashlar haqida fikr yuritilgan. Tadqiqotga o‘sib kelayotgan yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berishni zamon talablariga mos keladigan usullar orqali yetkazish asosiy maqsadi qilib olingan. Tadqiqot uchun “Kim toza va tejamkor”, “Bog‘ yaratib o‘qiymiz” metodlari asosiy qo‘llanma vositasida foydalanildi. Tadqiqotimiz natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu usullarni qo‘llash bolalarda aqliy, jismoniy va ma’naviy yuksalishlariga sabab bo‘luvchi bilimlar omborini shubxasiz to‘ldira oladi. Ushbu amaliyotni kichik yoshdagi bolalar va o‘quvchilar orasida qo‘llashning samarali va foydali tomonlari juda ko‘p. Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, tozalikka rioya qilish,tejamkor bo‘lish, yaxshi ilm egallash jamiyat iqtisodiyoti rivoji uchun katta maqsadlarga erishtiruvchi kichik qadamlardan biridir Kalit so'zlar: Tarbiya, badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi, “Tadbiri manzil”, yoshlarning tarbiyasi, “Turkiy Guliston yohud axloq”, intizom, “Kim toza va tejamkor”.