O’QUVCHILAR JAMOASIDAGI BULLINGNI BARTARAF ETISHDA SINF RAHBARINING FAOLIYATI
Mualliflar: D.D.Oribboyeva
Annotatsiya Muallif tomonidan ushbu maqolada o‘quvchilar jamoasida uchraydigan bulling tushunchasiga va uning turlariga ta’rif berilgan. Shuningdek bullingning turli ko‘rinishlari jumladan psixologik va jismoniy bullingning farqi, turli ko‘rinishlari haqida fikrlar bayon etilgan. Maqolada sinf rahbarining o‘quvchilar bilan ishlashi jarayonida samimiy muloqotni ta’minlashi, ularning muammolarini eshitishi va yechimini topishga ko‘maklashish usullari to‘g‘risidagi tavsiyalar hamda ushbu jarayonda foydalanish mumkin bo‘lgan metodlarga to‘xtalingan. Bundan tashqari jamoa a’zolarining bir-biriga yordam berishga, hamkorlik qilishga va o‘zaro hurmat qilishga rag‘batlantirilishi ham samarali usul ekanligi, sinf rahbari tomonidan tashkil etilgan treninglar, seminarlar va turli faoliyatlar orqali o‘quvchilarning emotsional intellektlarini rivojlantirilishi, bullingni oldini olishda foydali yechim ekanligiga urg‘u berilgan. Kalit so'zlar: bulling, verbal, jismoniy, ta’qib qilish, sinf rahbari, agressor, qurbon, kuzatuvchi, qo‘llab quvvatlovchilar.