KIMYO FANINI O’QITISHDA VIRTUAL LABORATORIYANING O’RNI




KIMYO FANINI O’QITISHDA VIRTUAL LABORATORIYANING O’RNI


Mualliflar: Lutpillayeva Ma’suda

Annotatsiya Ushbu maqolada yoshlarning ilm-fan va texnologiyalardagi rolini oshirish, shuningdek, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarning ahamiyati muhokama qilinadi. Zamonaviy texnologiyalarning, jumladan interfaol metodlar, multimedia, kompyuter dasturlari va virtual laboratoriyalarning kimyo fanini o’qitishdagi o’rni tahlil qilinadi. O’quvchilarning kimyo faniga bo’lgan qiziqishini oshirish, o’qituvchilarga o’quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish va bilimlarni samarali o’zlashtirish uchun interaktiv usullarni qo’llash zarurligi ko’rsatilgan. Shuningdek, texnologiyalarning yordamida o’qitish jarayonida ilg’or metodlar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish natijasida ta’lim sifatining oshishi mumkinligi haqida ma’lumot berilgan. Kalit so'zlar: Innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar, multimedia texnologiyalar, virtual laboratoriyalar, kompyuter dasturlari o’quvchilar mustaqilligi, ta’lim jarayoni, axborot texnologiyalari, ta’limni modernizatsiya qilish