BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA TABIIY FANLARNI O‘QITISH ORQALI EKOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Mualliflar: Erkinova Shahnoza Vahobjon qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tabiiy fanlarni o‘qitish orqali ekologik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari tahlil qilinadi. Ekologik kompetentlik ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatini shakllantirishga, ekologik muammolarni tushunish va ularga yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada ekologik ta’limning zamonaviy yondashuvlari, interfaol usullar hamda o‘quvchilar ongida ekologik madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan samarali metodlar yoritib beriladi. Kalit so'zlar: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, tabiiy fanlar, ekologik kompetentlik, ekologik ta’lim, interfaol metodlar, ekologik madaniyat, ta’lim texnologiyalari.