TURLI SOMATOTIPDAGI O‘QUVCHILARINING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA DIFFERENSIAL YONDASHUVNING DOLZARBLIGI
Mualliflar: Izatullayev Alisher
Annotatsiya Maqolada 10–12 yoshli maktab o‘quvchilarining turli somatotiplari (astenik, normostenik, giperstenik) asosida harakat qobiliyatlarini rivojlantirishda differensial yondashuvning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga tayangan holda jismoniy sifatlarni individuallashtirilgan tarzda shakllantirish uchun rejalashtirish mezonlari ishlab chiqildi. Mazkur yondashuv yuklama turlarining yo‘nalishiga ko‘ra differensiallashtirish, yuklama va dam olishning optimal almashuvi, yuklama darajasi va vaqt bo‘yicha turli yo‘nalishdagi yuklamalarning ketma-ketligi kabi parametrlarga asoslangan. Harakat birliklariga selektiv ta’sir ko‘rsatishga asoslangan yuklama tasnifi asos sifatida qo‘llanilgan. Model zamonaviy maktab jismoniy tarbiyasi tizimiga mos tarzda joriy etilishi mumkin. Kalit so'zlar: differensial yondashuv, somatotip, harakat qobiliyatlari, jismoniy tarbiya, jismoniy yuklama, o‘quvchilar, individual rejalashtirish, motorika.