BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KO‘PAYTIRISH JADVALINI O‘RGANISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
Mualliflar: Tuxtamirzayev Adxam Yulbarsmirzayevich, Mirzayeva Sarbaroy Raxmonberdiyevna
Annotatsiya Boshlang‘ich sinflarda ko‘paytirish jadvalini o‘rganish matematik ta‘limning asosiy bosqichidir, ammo bu jarayon bir qator dolzarb muammolarga duch keladi. Bularga o‘quvchilar motivatsiyasining pastligi, o‘rganishdagi individual farqlar, mazmunli tushunishga nisbatan eslab qolishning keng tarqalganligi, o‘quv dasturining haddan tashqari og‘irligi, raqamli texnologiyalarning ta‘siri va psixologik to‘siqlar (matematik qor‘quv) kiradi. Maqolada ushbu qiyinchiliklarning sabablari ko‘rib chiqiladi va ularni hal qilish yo‘llari taklif etiladi. Shuningdek boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tafakkurini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so'zlar: Ko‘paytirish jadvali, boshlang‘ich sinf, matematik ta’lim, motivatsiya, eslab yodlash, differentsial yondashuv, o‘yin usullari, vizualizatsiya, matematik qor‘quv, raqamli texnologiyalar.