KOMBINATORIKA ELEMENTLARINI O‘RGATISHDA AL-XORAZMIY ILMIY MEROSINING AHAMIYATI
Mualliflar: Tuxtamirzayev Adxam Yulbarsmirzayevich, Mirzaakbarov Abdurasul Mirzaakbarovich, Raxmonberdiyeva Moxinur G‘ayratjon qizi
Annotatsiya Ushbu maqola kombinatorika elementlarini o‘rgatishda Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy merosining ahamiyatiga bag‘ishlangan. Al-Xorazmiyning matematika, xususan, algebra va algoritmlarga qo‘shgan hissasi zamonaviy kombinatorika fanining rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani tahlil qilinadi. Maqolada Al-Xorazmiy asarlarining ta’lim jarayonida qo‘llanilishi, uning yondashuvlarining zamonaviy ta’lim metodlariga mosligi va o‘quvchilarda analitik fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Al-Xorazmiyning ilmiy merosini ta’limda qo‘llash bo‘yicha takliflar beriladi. Kalit so'zlar: kombinatorika, Al-Xorazmiy, matematika ta’limi, algebra, algoritm, analitik fikrlash, ta’lim metodlari.