IQTISODIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA FAROBIY ILMIY MEROSINING O‘RNI
Mualliflar: Mirzaakbarov Abdurasul Mirzaakbarovich, Hikmatova Iroda Nizomjon qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda Farobiy ilmiy merosining o‘rni tahlil qilinadi. Bugungi ta’lim va texnalogiyalar taraqqiy etayotgan davrda iqtisod boshqa sohalar orasida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlamoqda. Shu boisdan yosh avlodda, bolalik davridanoq iqtisodiy tarbiyani shakllantirib borishimiz zarur. Shu o‘rinda esa Farobiyning bu sohadagi fikrlari biz uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada Farobiyning iqtisodiy qarashlari ham muhokama qilinadi. Kalit so'zlar: Abu Nasr Al-Farobiy, iqtisodiy tarbiya, ijtimoiy hayot, iqtisodiy munosabat, ijtimoiy mas’uliyat, innovatsiya, integratsiya, iqtisodiy tanazzul, mablag‘ yig‘ish, mulkiy qonunlar, huquqiy tarbiya, mablag‘ni taqsimlash, mulkiy tarbiya.